Dafn marosimi va qoyatosh rasmlari O‘rta Osiyo jamiyatlari maʼnaviy hayotini tiklashda manba sifatida

Joriy yilning 26-aprel sanasida Milliy arxeologiya markazida Vazirlar Mahkamasining 792- sonli qarori ijrosi hamda yosh olimlarga fanga oid yangi bilimlarni o‘zlashtirish yuzasidan har bir ilmiy xodim va doktorantlar o‘zlari tadqiq qilayotgan mavzusi yuzasidan ma’ruzalar tashkil qilinmoqda.

Ushbu ma’ruzalar doirasida "Bioarxeologiya laboratoriyasi" bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, Gordiyeva Yelena Anatoliyevnaning "Dafn marosimi va qoyatosh rasmlari O‘rta Osiyo jamiyatlari maʼnaviy hayotini tiklashda manba sifatida" mavzusida ma’ruza qiladi. Ma'ruzada O‘rta Osiyo hududidan aniqlangan qadimgi qabrlar va qoyatosh suratlarida tasvirlangan shakllarning ma’naviy qiyofasi haqida yangi ma'lumotlar berildi. Uchrashuvda  yosh olimlardan ko'plab savollar berildi. Ma'ruzachi tomonidan har bir savolga batafsil javob berildi.

 


×