Tayanch doktoranturaga taqdim etiladigan hujjatlar:

Qisqacha biografik ma’lumotnoma, magistr yoki oliy ma’lumot (mutaxasisslik dasturi bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasining  belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi, ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxasi, ish joyidan tavsifnoma.
     Hujjatlar 2023-yil 15-sentyabr-15-oktyabr kunlari qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturada o’qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o’rganilgan xorijiy til) bo’yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Doktoranturada o’qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bo’yicha suhbatdan o’tadilar.
     Qo’shimcha ma’lumot olish uchun O’zR FA Milliy arxeologiya markazi ilmiy kotibiga murojaat etish mumkin: Tel: (99) 726 78 86 
  Manzil: Milliya arxeologiya markazi, 100170, Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek ko’chasi,

 


×