Fanlararo tadqiqotlar bo'limi

 

 

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentabrdagi 792-sonli “Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Qarori asosida Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi. Ushbu Qarorga ko‘ra, 2019 yilning oxirida “Fanlararo tadqiqotlar” bo‘limi ochildi. Manbashunoslik, tarixshunoslik, numizmatika va epigrafika, arxeologiya, antropologiya, etnografiya kabi qator fanlarning sintezidan yuzaga kelgan fanlararo tadqiqotlar barcha ijtimoiy fanlarning zamonaviy usullaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Bo‘limda ushbu ijtimoiy fan sohalariga tegishli yozma manbalar va arxeologik materiallar o‘zaro solishtirilgan holda ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Fanlararo tadqiqotlar olib borishning maqsadi yozma manbalar va arxeologik materiallarni o‘zaro solishtirish orqali Markaziy Osiyo, shu jumladan, mamlakatimiz tarixining dolzarb masalalarini yoritishdir.

Bo‘limning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

- mintaqa tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;

- respublika bo‘ylab olib borilayotgan arxeologik izlanishlarda ijtimoiy fanlarning zamonaviy tadqiqot usullarini keng qo‘llash;

- respublikamizda joylashgan arxeologik ob’ektlarni lokalizatsiya qilishda turli tillardagi yozma manbalarga murojaat qilish, ularni o‘zbek tiliga o‘girib, arxeolog tadqiqotlarga amaliy yordam berish;

- arxeologik qazishmalar chog‘ida yoki tasodifan topilgan epigrafik va numizmatik materiallarni aniqlash va ilmiy jamoatchilikka yetkazib berish;

- antropologiya yo‘nalishi bo‘yicha etnografik izlanishlar va dala tadqiqotlari olib borish;

- o‘zbek xalqi moddiy va ma’naviy madaniyatiga tegishli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish;

- turli tilllardagi yozma manbalar va arxeologik materiallar negizida o‘zbek davlatchiligi va etnik tarix bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;

- fanlararo tadqiqotlar yo‘nalishida ilmiy kadrlar tayyorlash;

- O‘zR FAning Ijtimoiy fanlar bo‘limi institutlari, OTMlari va chet eldagi ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Ushbu bo‘limda ilmiy izlanishlar arxeologiya va boshqa ijtimoiy bilan uyg‘unlikda olib boriladi. Bugungi kunda o‘zbek xalqi tarixida o‘zlikni anglash masalasi ustida izlanishlar olib borilmoqda.


1. Bo'lim nizomi

2. Bo'lim yo'l xaritasi

3. Bo'limning 2020-2024 yillar uchun dasturi

4. Bo'lim xodimlari hisoboti

 

 

Bo’lim boshligʻi:

To’xtayeva Malika Saydiaxralovna

Ilmiy daraja va unvon: Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD
Тelefon: +998 (71)
E-mail: m.tuxtayeva@archaeology.uz
Xodimlar soni: 8
Boshqa ma'lumotlar Ilmiy faoliyat to'g'risida

Bosh ilmiy xodim:

Zununova Gulchekhra Shavkatovna

Ilmiy daraja va unvon:

Tarix f.d. (DSc), bosh ilmiy xodim

Тelefon: +998 (71)
E-mail: g.zununova@archaeology.uz
Boshqa ma'lumotlar Ilmiy faoliyat to'g'risida

Kichik ilmiy xodim:

Asanov Eldar Enverovich

Ilmiy daraja va unvon:  
Тelefon: +998 (71)
E-mail: e.asanov@archaeology.uz
Boshqa ma'lumotlar Ilmiy faoliyat to'g'risida

 


Katta ilmiy hodim:

Toshova Sharifa Panoevna

Ilmiy daraja va unvon:  
Тelefon: +998 (71)
E-mail: sh.toshova@archaeology.uz
Boshqa ma'lumotlar Ilmiy faoliyat to'g'risida


Kichik ilmiy xodim:

Pak Lyudmila Vyacheslavovna

Ilmiy daraja va unvon:  
Тelefon: +998 (71)
E-mail: l.pak@archaeology.uz
Boshqa ma'lumotlar Ilmiy faoliyat to'g'risida

Katta ilmiy hodim:

Qayumov Аsror Rayimovich

Ilmiy daraja va unvon:  
Тelefon: +998 (71)
E-mail: asrork3@yandex.ru
Boshqa ma'lumotlar Ilmiy faoliyat to'g'risida

×