"O’zbekiston arxeologiyasi" jurnali

“O‘zbekiston Arxeologiyasi” jurnaliga qadimgi va ilk o‘rta asrlar sivilizatsiyasi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid muammoli va munozarali masalalar tadqiqotiga bag‘ishlangan maqolalar, shuningdek alohida bildirishnomalar va arxeologiya fani doirasida muhim voqealar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari asosida barcha maqolalarga yo‘nalishi, ilmiy muammosi, mazmun-mohiyati to‘liq ochib berilgan o‘zbek, rus va ingliz tillarida rezyume va kamida 10 ta so‘zdan iborat kalit so‘zlar berilish shart.

Ilmiy maqola bilan birga berilgan chizma va fotosuratlar rangli va oq-qora tasvirda (tiniqligi kamida -300 dpi) 10 donagacha berilishi mumkin. Chizma va fotosuratlar matnda arab raqamida ko‘rsatiladi (mas: 1-rasm; Рис. 2; Fig. 5). Maqolani tayyorlash jarayonida faqat Times New Roman – formatidagi shriftdan foydalanish lozim.

Maqolada iqtibos matn ichida rasmiylashtiriladi (mas: Петров, 1998. C. 65; Muxtorov, 1991. 22-25 b.).

Adabiyotlar ro‘yxati ishda quyidagi ko‘rinishda rasmiylashtiriladi:

Familiya I.Sh. Kitob nomi. Nashr joyi. Yil.

Familiya I.Sh. Maqola nomi // To‘plam nomi. № tom. Nashr joyi. Yil.

Adabiyotlardan qayta foydalanilganda qisqartmalarga (o‘sha asar) ijozat berilmaydi.

Havola belgisi tinish belgisidan oldin qo‘yiladi. Havolalar foydalanilgan adabiyotlar oldidan va asosiy matn tugaganidan keyin alohida guruh izohi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

Qisqartma ro‘yxatida nashriyot joylashgan shahar nomlari Moskva, Leningrad, Sankt-Peterburg, Berlin, Cambridge, Leipzig, New York, Oxford, Paris qisqartirib ko‘rsatiladi ( mas: M., SPb, NY, P.).

Barcha ilmiy maqolalar soha mutaxassisining taqrizi va tavsiyasi asosida qabul qilinadi.

Mazmun-mohiyat jihatidan jurnal yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmaydigan, yuqoridagi talablarga mos ravishda rasmiylashtirilmagan maqolalar “O‘zbekiston arxeologiyasi” jurnali tahririyat jamoasi tomonidan QABUL QILINMAYDI!!


×