Fundamental loyihalar

7 F. 8 “O‘zbekistonning tosh davri madaniyati” (2002 2006) Islamov O‘.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi tarixini yorituvchi yangi arxeologik va antropologik manbalar qo‘lga kiritildi. Obirahmat g‘orining o‘rganilishi madaniy gorizontlarning yaqqol ketma-ketligini ko‘rsatdi. Bu yodgorlikda topilgan gominidlar qoldig‘i O‘zbekiston hududida qo‘lga kiritilgan bu turdagi eng katta topilma hisoblanadi. Mazkur paleoantropologik topilma qadimgi insonlarning neandertaldan homo sapiyensga o‘tish evolyutsiyasini ko‘rsatadi. Obirahmat g‘oridan topilgan materiallarni o‘rganish hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Qizilqum neolit otryadi faoliyatining eng katta kashfiyoti Oqchadaryo deltasi hududida paleolit va neolit davriga oid bir qator yodgorliklarning aniqlanishi, shu jumladan, bu hududda birinchi paleolit davri ustaxonasining ochilishi hisoblanadi.

7 F. 21 “Qadimgi va antik davrlarda Turon sivilizatsiyasi (mil. avv. II ming yillik – I ming yilliklar” (2002-2006) Matbabayev B.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.

Ilk bronza davri uchun asosiy materiallar O‘zbekiston janubi – Jarqo‘ton, Bo‘ston yodgorliklar guruhidan qo‘lga kiritildi. Jarqo‘ton ilk shahar madaniyatining barcha belgilariga ega bo‘lgan shahar va ilk davlat birlashmalarining paydo bo‘lishi, rivojlanishini o‘zida aks ettiradi. Afrosiyob manzilgohida Samarqand shahri yoshini qadimiylashtirishga asos bo‘luvchi yangi arxeologik materiallar qo‘lga kiritildi. Sangirtepa manzilgohida arxeologik tadqiqotlar olib borilib, Kesh-Shahrisabz shahar madaniyatini o‘rganishga oid yangi arxeologik materiallar qo‘lga kiritildi.

7 F.26 “O‘zbekiston tarixi va sivilizatsiyasi V-XVII asrlarda Movarounnahr (arxeologik manbalari asosida)” (2002 -2006) Anarbayev A.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.

Shoshtepa manzilgohida 2003 2005 yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida, mil. avv. VIII asrda yashagan qadimgi mahalliy qabilalar «Burg‘uluq madaniyati» ga mansub bo‘lganligiga yangi ma’lumotlar olindi. Arxeologik materiallar va yozma manbalar tahlili Qadimgi Farg‘onaning mil. avv. II-I asrlardagi poytaxti Ershi shahrini Farg‘onadagi Kosonsoy vohasi Axsiket manzilgohi bilan bir ekanligini ko‘rsatishga imkon berdi. Afrosiyob manzilgohidagi arxeologik tadqiqotlar davomida qoraxoniylar davriga oid (XII asr) mahobatli devoriy suratlar aniqlandi.

7 F. 11 “O‘zbekistonning qadimgi hunarmandchiligi ishlab chiqarishini kimyoviy-texnologik o‘rganish va madaniy meros obyektlarini saqlash”(2002 2006) Reutova M.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.

Shimoliy Baqtriya qadimgi metallurgiyasi va metallni qayta ishlash sohasida kimyoviy, spektral va boshqa turdagi tahlillar yo‘li bilan xom-ashyo manbasining tipologik, kimyoviy metallurgik o‘zgarishlari, aloqalari va rivojlanishning turli yo‘nalishlari aniqlandi.

FA-F8 026 “O‘zbekistonda antropogen jarayonlarning ilk bosqichlari” (2007- 2011) Islamov O‘.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.

Ko‘lbuloq, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq paleolit manzilgohlarini o‘rganish sohasida de Lyumley metodikasi asosida texno majmualarning mukammal texnik-tipologik klassifikatsiyasi yaratildi, o‘rganilayotgan industriyaning tip-sahifalari yaratildi, ahamiyatli texnologik va tipologik indekslar aniqlandi. O‘zbekiston paleolitshunosligida birinchi marta toshni qayta ishlash texnikasida xom ashyoning roli aniqlandi. Neolitga oid bo‘lgan Oyoqog‘itma manzilgohida olib borilgan arxeologik qazishmalarda Kaltaminor madaniyatining yoshini 3 ming yilga qadimiylashtiradigan yangi materiallar olindi. Tadqiqotlar natijasida Yevroosiyoning markaziy qismida eng qadimgi insoniyat madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishida O‘zbekiston tarixining o‘rni va roli aniqlandi. 60 ta maqola, shu jumladan, 19 ta xorijiy va 41 ta respublika miqyosidagi maqola chop etildi. Monografiya tayyorlandi va 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.

FA-F8 027 “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i o‘troq dehqon va ko‘chmanchi chorvadorlari madaniyati: an’analar va innovatsiya muammosi (miloddan avvalgi II-I ming yilliklar)” (2007 -2011) Matbabayev B.X.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Samarqand Sug‘di, Chelak yaqinidagi Ko‘ktepa manzilgohida birinchi marta zardushtiylik ibodatxonasi, saroy va mudofaa tizimi joylashgan qadimgi shaharning ichki tuzilishi haqida to‘liq ma’lumot olindi. Jarqo‘ton va Sangirtepa yodgorliklaridan topilgan materiallar asosida aholining turmush tarzi, mafkurasi hududlar bilan madaniy aloqalarini o‘rganish imkoni tug‘ildi. Sangirtepa manzilgohida ilk antik davrga oid ibodatxonaning aniqlanishi ayniqsa muhim hisoblanadi.

Farg‘ona vodiysi ilk shahar madaniyatini o‘rganish davomida o‘ziga xos rivojlanish yo‘li ya’ni Qadimgi Sharq sivilizatsiyasidan farqlari aniqlandi. Miloddan avvalgi III-II ming yillikka oid tosh tarozining Qorasuv yaqinidan topilishi, bu yerda bronza davri madaniyati rivojkanganligidan guvohlik beradi.

To‘palangdaryo (Surxondaryo viloyati) o‘ng sohilida bronza davrining yangi manzilgohi – Aliboytepa aniqlandi. 56 ta maqola, shu jumladan, 15 ta xorijiy va 41 ta respublika miqyosida maqola e’lon qilindi. 3 ta monografiya tayyorlandi va 2 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

FA-F8 028 “O‘zbekiston hududidagi madaniy mintaqalarga oid shaharsozlik va ularning o‘zaro madaniy aloqalari” (2007 -2011) Pidayev Sh.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

O‘zbekistonning janubiy mintaqalari shahar madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonlari dehqonchilik, hunarmandchilik, madaniyat rivojlanishi asosida o‘rganildi.

Eski Termizdagi Qoratepa buddaviylik ibodatxonasida olib borilgan arxeologik qazishmalar Tarmita-Termizning kushonlar davrida O‘rta Osiyoda yirik buddaviylik markazi ekanligini ko‘rsatdi. Bu hududdan topilgan badiiy madaniyat ashyolari Baqtriya buddaviylik madaniyatining o‘ziga xosligini ko‘rsatdi.

Eski Termiz shahristonidagi shahar aholisi uylari xronologiyasining alohida xususiyatlari o‘rganildi.

Zartepa yodgorligida hind eposi «Mahobharata» syujetlari ifodalangan devoriy suratlar aniqlandi.

Mingo‘rik yodgorligidan topilgan ikki qavatli mahobatli inshoot shahar vujudga kelishiga asos bo‘lganligi va diniy ahamiyatga ega ekanligi tasdiqlandi.

FA-F8 018 «O‘zbekistonning o‘rta asr shaharlari madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi» (2007- 2011) Anarbayev A.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Arxeologik qazishmalar natijasida milodiy birinchi asr boshlarida Marg‘ilon vohasining markazi sifatida Marg‘ilon rivojlanganligi aniqlandi. Shahar uch qism: ark, shahriston va rabod qismlaridan tarkib topgan. Marg‘ilon shahri 2000 yil oldin vujudga kelgan. Ushbu ma’lumotlarning barchasi YUNЕSKO shafeligida Marg‘ilon shahrining 2000 yilligini nishonlashga asos bo‘ldi. Binkat-Toshkentning IX-XII asrlar va XIII asr oxiridan- XVI asrgacha bo‘lgan o‘rta asr shahar markazi belgilarini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Olingan ma’lumotlar YUNЕSKO shafeligida Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga asos bo‘ldi.

G‘arbiy Sug‘ddagi arxeologik tadqiqotlar Buxoro vohasining yirik shahar markazlaridan bo‘lgan Poykend manzilgohida olib borildi. Ark, shahriston 2 va rabod qismlarida keng miqyosda qazishmalar olib borildi. Arkda jome masjidi qoldiqlari va IX asrga oid yirik minora qoldiqlari aniqlandi. III-IV asrlarga oid kazarmada qazishma ishlari boshlandi. Shahriston-2 da janubiy darvoza, ko‘cha tarmog‘i va chilangarlar ustaxonasi, nonvoylar, tabiblar xonasi aniqlandi (93 ta, shu jumladan, 22 ta xorijiy, 71 ta respublika miqosidagi ilmiy maqola chop etildi).

FA-F8 025 «Qadimgi ishlab chiqarish xususiyatlarini kimyoviy-texnologik tadqiqotlar orqali o‘rganish va O‘zbekistondagi madaniy-tarixiy merosni saqlash»

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Qadimgi Sug‘dda metallurgiya va metallni qayta ishlash sohasi bo‘yicha materiallar jamlandi.

Arxeologik materiallarni qayta ishlash natijasida mis va bronzani qayta ishlash hunarmandchilik markazlari, qotishmalar resepturasi texnologiyasi rivojlanishi, metallning kimyoviy tarkibi, Sug‘d metallurgiyasi va metallni qayta ishlashda tayangan xom-ashyo manbasi aniqlandi. Glazur tarkibi aniqlandi, qadimgi qurilish keramikasining fizik-kimyoviy parametrlari o‘rganildi. Afrosiyobdan topilgan 158 ta devoriy surat parchalari, Qoratepadan topilgan 46 ta haykal parchalari qayta tiklandi va ta’mirlandi. Loydan, keramikadan, metalldan, toshdan va suyakdan ishlangan ko‘plab buyumlar qayta tiklandi. Sarmishsoy petrogliflarini saqlash va pasportizatsiyasi qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. 36 ta, shu jumladan, 8 ta xorijiy maqola chop etildi. 1 ta risola rus va ingliz tillarida chop etildi.

F1 FA-0 76486 «Yuqori paleolitdan o‘rta paleolitga o‘tish bosqichi va Markaziy Osiyoda homo sapiyens shakllanishi muammosi» (2012 2016) Xo‘janazarov M.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Tadqiqotlar natijasida o‘rta paleolit, so’ngi paleolit va neolit davrlariga oid katta kolleksiya to‘plandi. Sulton Uvays va Ko‘kcha topilmalari so’ngi paleolit madaniyatiga oid ekanligi aniqlandi va so’ngi paleolit davri bilan belgilandi. Oyoqog‘itma ilk paleolit davri bilan qayta davrlashtirildi. Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan manzilgohlar materiallar asosida xom ashyo materiali va toshni qayta ishlash texnikasi roli aniqlandi. Aniqlanishicha, paleolit davri Zarafshon aholisi sifatli xom ashyo tanqisligi sharoitida yashagan. Shuning uchun, toshni qayta ishlash texnikasida xom ashyoni iqtisod qilish belgilari yaqqol ko‘rinadi. Zarafshon va Qizilqum vohalari o‘rta paleolitning so’ngi davrlarida o‘zlashtirilgan. Mustye yodgorliklari materiallarining so’ngi paleolit davri materiallari bilan bir xilligi hudud paleolit davri madaniyatining avtoxtonligini ko‘rsatadi. 44 ta, shu jumladan, 14 ta xorijiy va 30 ta respublika miqyosida maqola va 2 ta monografiya chop etilgan.

F1 FA-0 19793 «O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari va ko‘chmanchi chorvadorlar dunyosi: mil. avv.III ming yillik – milodning I ming yilliklari boshlarida o‘zaro aloqalari va ta’sirlar muammosi (2012 2016) Matboboyev B.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

O‘tkazilgan tadqiqotlar manzilgohlarning kuchli himoyalangan va arkli ekanligidan dalolat beradi (Dalvarzin, Chust). Yaz I davri yodgorliklari, xuddi Farg‘onadagidek arkda hukmdor qarorgohi va yaqin manzilgohlar aholisining qo‘nimgohi vazifasini bajargan. Bunday manzilgohlar toifasiga Ko‘ktepa, Yerqo‘rg‘on, Qiziltepa, Afrosiyob mansub hisoblanadi. Ularda Yaz I davri materiallari qatlami aniqlangan. Ulardagi bir qator belgilar (ark, mudofaa devori) masalasi bahsligicha qolmoqda. Bu holatda faqatgina Dalvarzin manzilgohi O‘zbekiston hududidagi ilk temir asriga oid eng yirik va bir qatlamli yodgorlik hisoblanadi. Nazarimizda, Chust madaniyatining ilk materiallari Qizil I, Kuchuk I (Baqtriya), Ko‘ktepa (Sug‘d), Burg‘uluq (Shosh) materiallaridan ko‘ra qadimiyroqdir. Ushbu ma’lumotlar asosida Chust madaniyati hududini O‘zbekistondagi ilk davlatlar shakllangan hududlar qatoriga kiritishimiz mumkin. 49 ta, shu jumladan, 5 ta xorijiy va 43 respublika miqyosida ilmiy maqola, 2 ta monografiya chop etildi.

F1 FA-0 83775 “Sug‘d va Ustrushonaning antik va ilk o‘rta asrlar davri madaniyatida urbanizatsion jarayonlar” (2012 2016) Berdimurodov A.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Sug‘d va Ustrushonaning urbanizatsion jarayonlariga oid fundamental masalalarni tahlili natijasida:

Kofirqal’a, Varaxsha, Poykend, Panjikent moddiy madaniyat komplekslarida dala ishlari olib borildi, ichki tuzilishi aniqlandi. Sug‘d qal’asining ilk o‘rta asr davri tahlil qilindi, tarh tuzilishida qonuniyatlar aniqlandi. Romitan Qo‘rg‘oni qurilishi stratigrafiyasi va xronologiyasi aniqlandi. Eski Xovosdan topilgan terrakota haykalchasining o‘rganilishi natijasida Ustrushonada erkak ko‘rinishida kult tarqalganligi aniqlandi. Eski Xovos manzilgohi vujudga kelgan davrga oid qadimiy qatlamlar aniqlandi. Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tadqiqotlar Ustrushona urbanizatsion jarayonlarining o‘ziga xosligini, antik va ilk o‘rta asrlarda qo‘shni mintaqalar Farg‘ona, Choch (Toshkent vohasi) va Sug‘diyona bilan aloqalar mavjudligini ko‘rsatdi (79 ta maqola, shu jumladan, 9 ta xorijiy va 67 ta respublika miqyosidagi maqola, 3 ta monografiya chop etildi).

F1 FA-0 19751 «Markaziy va Shimoli sharqiy O‘zbekistonning rivojlangan o‘rta asrlardagi tarixiy topografiyasi» (2012 2016) Anorboyev A.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Tadqiqotlar mobaynida Sug‘d, Toshkent va Farg‘ona shahar va qishloq manzilgohlarining lokalizatsiyasi va ichki topografiyasi kabi fundamental masalalar tahlil etildi. Jumladan, irrigatsiya tizimining jadal rivojlanishi natijasida Markaziy Farg‘onaning unumdor yerlarida VII asrda ekologik o‘zgarishlar ro‘y berib, Kalamishtepa, Gurtepa va boshqa manzilgohlarning inqiroziga olib keladi. Bunga asosiy sabab grunt suvlarining ko‘tarilishi va tuproqning sho‘rlanishi ekanligi aniqlandi. IX-XII asrlarda Sug‘d, Toshkent va Farg‘onaning yirik poytaxt shaharlari kengayadi va aholisi ko‘payadi. Jumladan, Samarqand va Axsiket rabod hisobiga kengayib, o‘z davrining «megapolis»iga aylanadi. IX-XII asrlarda Toshkent vohasida tog‘-kon sanoati rivojlanishi natijasida o‘nlab yangi shaharlar paydo bo‘ladi. Xarashket (Kanka) va Binket (Shohruxiya) kabi poytaxt shaharlar rivojlanishda davom etadi. Bu davrda Binketda ikkita rabod bo‘lib, mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Quyi Zarafshondagi Kampir devor voha devori inshoot IV asrning ikkinchi yarmi – V asrda qurilganligi aniqlandi. Shuningdek, XII asr boshlari –XIII asrda karvonsaroylari hozirgi mehmonxonalar kabi bo‘lib, bir, ikki va uch xonali bo‘limlardan tashkil topgan. 76 ta maqola, shu jumladan, 18 ta xorijiy va 58 ta respublika miqyosidagi maqola chop etildi, 2 ta monografiya tayyorlandi

F1 FA-0 91419 «Qadimgi madaniyatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi dinamikasini tabiiy – ilmiy metodlar asosida o‘rganish, O‘zbekiston tarixiy yodgorliklari restavratsiya va konservatsiya choralarini ishlab chiqish» (2012 2016) Reutova M.

Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar

Afrosiyobning XII asrga oid bo‘lgan devoriy suratlari pigmentlarining kimyoviy tarkibi o‘rganib chiqildi. «O‘zbekistonning shimoliy zonasi va qo‘shni viloyatlarlarning eneolit va bronza davridagi metallurgiya madaniyati» nomli mavzuda tadqiqot o‘tkazildi. Qadimgi o‘troq dehqonchilik, dasht madaniyati va Yaz I (lepnoy raspisnoy keramika) davri madaniyatining materiallari o‘rganib chiqildi. Metallning kimyoviy – metallurgik xarakteristikasi, qotishmalar turlari, kimyoviy guruhlari, ruda bazasi, metall manbasi, metall mahsulotlarining kartografiyasi va o‘zaro aloqalari, metallurgik va kimyoviy guruhlarning metall manbalari rudasining va majmualaring xronologiyasi o‘rganildi. Metallurgiya markazlarining umumiy ro‘yxati yig‘ildi. XII asr devoriy suratlarining 58 ta (Afrosiyob), 9 ta Fayoztepadan va Zartepadan, 12 ta surat (Varaxsha, Uchkulax), 12 haykalcha (Qoratepa), 28 ta o‘yma ganch (Poykend) parchasi qayta tiklandi. 296 ta kumush va mis tangalar tozalandi. Afrosiyob suratlarining g‘arbiy va shimoliy devorlari (elchilar zali) yangi usullar asosda qayta ta’mirlandi. 26 ta maqola shu jumladan, 2 ta xorijiy maqola, 1 ta monografiya chop etildi.

FZ-2016 0907160431«Sug‘dning antik va ilk o‘rta asrlardagi moddiy va ma’naviy madaniyati» (2017 2020) Berdimuradov A.

Loyiha davomida Sug‘d turmush sharoiti va va hunarmandchilik mahsulotining mahalliy o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi moddiy madaniyat va diniy qarashlar, marosimlar, dafn va kult xarakteridagi inshootlar hamda ilarga oid predmetlarda ifodalangan ma’naviy madaniyat bo‘yicha yangi materiallar ilmiy muomalaga kiritiladi.

Bularning barchasi nafaqat moddiy madaniyat rivojini, balki Sug‘dda harbiy ish, ijtimoiy tabaqalanish va ijtimoiy munosabatlarni, shuningdek, an’anaviy xo‘jalik bilan bog‘liq bo‘lgan qadimgi kultlar, shahar va qishloq aholisi turmush sharoiti va Sug‘d aholisining dunyoqarashlarini ko‘rsatishga imkon beradi.

FZ-2016 0908205702«Sirdaryo havzasi qadimgi shaharlari va ularning Buyuk ipak yo‘lidagi roli» (2017- 2020) Anorboyev A.

Loyiha doirasida Sirdaryo havzasi qadimgi shaharlarining tarixiy-geografik xaritasi (mil. avv. IV asr –XIII asr boshlari) tuziladi, ularning xronologiyasi aniqlanadi, antik va o‘rta asrlarda ularning urbanizatsion jarayonlari rivojlanishi dinamikasi aniqlanadi. Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi xalqlarning o‘troqlashuvi, yangi shaharlarning paydo bo‘lishi va spesifik xususiyatlari masalalari tahlil qilinadi va xulosalar olinadi. O‘zbekiston, qadimgi Silla (Koreya) va Xitoy hududlaridan topilgan materiallar asosida ilmiy xulosalar olinadi, Sirdaryo havzasi qadimgi shaharlarining mahalliy davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, shuningdek, Buyuk ipak yo‘lidagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, arab bosqini davridagi xalqlar migratsiyasi o‘rganiladi. Sug‘d-turk aristokratiyasining Xitoy va Silla davlatlari tarixidagi roli ilmiy o‘rganiladi.

FZ-2016 0908215914 «O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tosh, ilk metall va antik davr yodgorliklarini tizimli o‘rganish va O‘zbekiston xalqlarining tarixiy obyektlarini saqlash» (2017- 2020) Matboboyev B.

O‘zbekiston tosh davrining yangi yodgorliklari o‘rganiladi, ilmiy muomalaga kiritiladi va ularning tarqalish geografiyasi yaratiladi. Bu yodgorliklarning madaniy-xronologik mansubligi o‘rganiladi. Bronza, ilk temir va antik davri yodgorliklaridan topilgan topilmalarning o‘ziga xosligini o‘rganish asosida tarixiy xulosalar olinadi. Olingan xulosalar o‘troq va ko‘chmanchi jamoalarning kelib chiqishi, migratsiyasining o‘rganilishi, shuningdek, shaharlarning, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi o‘ziga xosliklarni ochishga yordam beradi. Qazishmalar mobaynida topilgan topilmalar restavratsiyasi va qayta tiklanishi nafaqat ularni saqlashga, balki shu turdagi topilmalarning yaratilish texnologiyasini o‘rganishga yordam beradi.


×