– antropogenez muammolarini tadqiq etish, qadimgi insonlarning ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirishi, qadimgi tosh davri madaniyatinig kelib chiqishi va rivoji, paleolit va neolit davri aholisi ishlab chiqarishi yo‘nalishlari muammolari;
– O‘zbekiston hududida ilk shaharsozlik madaniyati shakllanishi, davlatchilik paydo bo‘lishi muammolarini tadqiq etish va madaniy-g‘oyaviy tasavvurlarni, ilk irrigatsiyani o‘rganish;
– antik davrdagi qadimgi aholining urbanizatsiya va migratsiya jarayonlarini arxeologik ma’lumotlar asosida o‘rganish. Ellin davri va so‘nggi antik davrda Baqtriya, Sug‘d, Xorazm, Choch va Farg‘ona vohalari moddiy va ma’naviy madaniyatini tadqiq etish;
– o‘rta asrlar davri O‘zbekiston tarixiy madaniy mintaqalarining iqtisodiy va madaniy tarixini kompleks tadqiq etish;
– arxeologik obyektlarni restavratsiya va konservatsiya qilishda NTP usulini kiritish va uni kengaytirish.