Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi

 

 

Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil uchun tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi.

 

Ixtisosliklar shifri va nomi

 

✔️ 07.00.06 -“Arxeologiya''  

✔️ 07.00.08 -“Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”  

 

☑️ 2026-yil qabuli uchun tayanch doktoranturaga (PhD) – 4 ta, doktoranturaga (DSc) –1 ta, stajyor-tadqiqotchilikka – 3 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: ⬇️

 

Tayanch doktoranturaga:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;

 

Doktoranturaga:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- til bo‘yicha tegishli sertifikat (B1 va undan yuqori);

- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining to‘liq loyihasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

Stajyor-tadqiqotchilikka:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi

 

 

‼️ Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

 

❗️Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi.

 

✅ Murojaat uchun: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko'chasi, 81-uy. Telefon: (99) 538-55-12, (71) 262-64-62.


×