Samarqand arxeologiya instituti kichik ilmiy xodim lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.

LАVOZIM VАZIFАLАRI: 
Masʼul ijrochi rahbarligi ostida tasdiqlangan rejaga muvofiq mavzuning alohida boʼlimi (qismi) boʼyicha ilmiy tadqiqot va ishlanmalar olib boradi. Qazishmalarni amalga oshirishda qatnashadi, kuzatish va oʼlchash ishlarini olib boradi, arxeologik topilmalrni qayta ishlaydi, ularga tavsifnoma yozadi va xulosalarni taʼriflab beradi. Tadqiq etilayotgan mavzu bilan bogʼliq ilmiy-texnik maʼlumotlar, mamlakatning oʼzidagi va xorijiy tajribalarni oʼrganadi. Mavzu yoki uning oʼziga tegishli qismi boʼyicha hisobot yozadi. Tadqiqot va ishlanmalar natijalarini amaliyotga tadbiq etishda qatnashadi.
MАLАKАVIY TАLАBLАR:
Oliy maʼlumot, arxeologiya sohasi boʼyicha ilmiy maqolalarga ega boʼlishi;
Dala sharoitida qazishmalar olib borishi, qazuv natijalarini dala daftariga tushirib borishi hamda hisobotlar tayyorlash koʼnikmasi; 
Turli seminarlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarida ishtirok eta olishi; 
Jamoada ishlash, berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida bajara olish, tashabbuskorlik va oʼz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish qobiliyatlariga ega boʼlishi; 
 Zamonaviy kompyuter tehnologiyalari dasturlaridan mukammal foydalana olishi (boshqa turdagi dasturlardan foydalana olishi ijobiy baholanadi); 
Oʼzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini bilishi (IELTS sertifikatiga ega boʼlgan nomzodlar ijobiy baholanadi).
Yoshi 40 gacha boʼlishi
LАVOZIMIY MАJBURIYaTLАRI
Lavozim yoʼriqnomasiga binoan
ISH SHАROITLАRI
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. 
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. 
Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
TАSHKILOT TOʼGʼRISIDА MАLUMOT
Samarqand arxeologiya instituti. Ilmiy tadqiqot instituti. Manzil. Samarqand shahar, V. Аbdullaev koʼchasi, 3 uy


×