A-2 106 «Qadimgi va o‘rta asrlarda O‘zbekiston etnogeografiyasi” (2006- 2008)
Anorboyev A.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.
Mil. avv. II-I ming yilliklardan XV-XVI asrlargacha bo‘lgan davrda Yevroosiyo mintaqasi va O‘zbekiston hududida aholi tarqalishi va migratsiyasi tarixi bo‘yicha yangi ma’lumotlar olindi.
Muammoni o‘rganish ishlariga so‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan yangi arxeologik va antropologik materiallar jalb etildi. O‘zbekistonning qadimgi shaharlari va qishloqlari inqirozi bevosita iqlimning ekologik o‘zgarishlari bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. 25 ta, shu jumladan, 4 ta xorijda va 21 ta respublika miqyosida maqola chop etildi.
A-2 223 “O‘zbekistonda tosh industriyalarining rivojlanishida xom-ashoning o‘rni va texnika-tipologiya” (2006- 2008). Sayfullayev B.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
1970 1980 yillarda Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Obirahmat, Samarqand viloyatidagi Zirabuloq va Navoiy viloyatidagi Uchtut paleolit makonlaridan yig‘ilgan arxeologik materiallar qayta ishlandi. O‘zbekiston tosh industriyasining rivojlanishida ibtidoiy davrda xom-ashyo katta rol o‘ynaganligi vayt etildi. 18 ta maqola, shu jumladan 2 ta xorijda maqola e’lon qilindi.
FA-A3-G043 “Baqtriya-Toxaristonning numizmatik tarixi (mil. avv. III asr – XIII asr boshlari)” (2009 -2011) Ataxodjayev A.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
Qadimgi Baqtriya-Toxariston (Surxondaryo viloyati) yodgorliklaridan topilgan eng muhim numizmatik topilmalarlarning umumiy tahlili o‘tkazildi. Mazkur tarixiy –geografik viloyatning tanga zarb qilish davriyligi, tanga – pul munosabatlarining rivojlanishi va bosqichlari davrlari aniqlandi. Tanga topilmalarining statistik tahlili asosida mintaqada alohida tanga tiplarining muomalada bo‘lish xronologiyasi qayt etildi. Mazkur hududda taqlidiy tangalarning paydo bo‘lish tartibi va xronologik-sulolaviy atributlari aniqlashtirildi. 18 ta, shu jumladan, 2 ta xorijda va 16 ta respublika miqyosida maqolalar e’lon qilindi.
FA-A3 G042 «O‘zbekistonning antik davr madaniyati (arxeologik yodgorliklarning o‘rganilishi asosida)» (2009- 2011)Pidayev Sh.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
Xorazm vohasining eng qadimgi tarixi, Qadimgi Xorazm davlati shakllanish arafasidagi etnik va madaniy-tarixiy jarayonlar haqida yangi ma’lumotlar olindi. Tadqiqotlar natijasida ilk o‘rta asrlar davrida Xorazm va Mesopotamiya (Ktesifon) o‘rtasida madaniy aloqalar bo‘lganligi borasida ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. 32 ta, shu jumladan 6 ta xorijda va 26 ta respublika miqyosida maqola e’lon qilindi.
A1 FA-O-12942 «Farg‘ona vodiysi va Ustrushonaning antropogen landshaftining paydo bo‘lishi va rivojlanish dinamikasi (arxeologik yodgorliklar misolida)» (2012- 2014) Anorboyev A.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
Farg‘ona va Jizzax viloyatining 900 dan ortiq arxeologik yodgorliklari aniqlandi va tizimlashtirildi. Natijada antropogen landshaftning vujudga kelishi va rivojlanishini kuzatish imkonini beruvchi Farg‘ona viloyatining arxeologik yodgorliklari xaritasi va katalogi tayyorlandi. Jumladan, so’ngi paleolit davriga oid arxeologik materiallar aniqlanib, shu asosida Farg‘ona arxeologiyasida yana bir bo‘shliq to‘ldirildi. Xususan, ma’lum bo‘lishicha bu davrda ilk zamonaviy odam turi–homo sapiyens-sapiyens, ya’ni hozirgi qiyofadagi odamning vujudga kelib va jamiyatning yangi evolyutsiyasiga asos qo‘ydi. 27 ta, shu jumladan, 2 ta xorijda va 24 ta respublika miqyosida maqola chop etildi. 17,09 b.t. dan iborat monografiya tayyorlandi.
A1 FA-0 89675 «Zarafshon vodiysi qabilalarining qadimgi va o‘rta asrlar davridagi etnomadaniy sintezi va antropogen o‘zlashtirish dinamikasi (Samarqand va Buxoro Sug‘di yodgorliklari arxeologik materiallari asosida)» (2012- 2014) Mirzaahmedov J.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
Zamonaviy texnik va ilmiy talablar asosida Buxoro viloyati Buxoro, Kogon, Shofirkon, Qorako‘l va Olot tumanlarida o‘tkaztirilgan tizimli arxeologik tadqiqotlar jarayonida arxeologik yodgorliklar katalogi yaratildi. Natijada mintaqaning arxeologik yodgorliklar banki yaratildi, Buxoro Sug‘di tarixiy merosi bo‘yicha ma’lumotlar hozirgi zamonaviy talablarga javob beradigan yangi bosqichga ko‘tarildi. Har bir yodgorlik uchun geografik koordinatasi, kosmik fotosurati olindi. Dastlabki yig‘ma material asosida obyektlarning xronologiyasi va rivojlanish dinamikasi, etnik harakatlar jarayonlari, ko‘chmanchi va yarim-o‘troq qabilalarning o‘troqlashuvi va simbiozi aniqlandi. Yodgorliklarning tizimlashtirilishi ularni katta va kichik shaharlar, himoyalangan va himoyalanmagan manzilgohlarga bo‘lishga, shuningdek, yozma manbalar asosida tarixiy markazlarining lokalizatsiya qilishga imkon yaratdi. 23 ta maqola, shu jumladan, 4 ta xorijda va 19 ta respublika miqyosida chop etildi.
A1-FA-0 17607 «Qashqadaryo madaniyati rivojlanishi bosqichlari va sug‘orilish tarixi (qadimgi va o‘rta asrlarda)» (2012- 2014) Raimqulov A.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
Loyihaning asosiy maqsadi zamonaviy texnologiyalar va GIS (Geografik informatsion sistema) asosida Qashqadaryo vohasi arxeologik yodgorliklari ro‘yxatini tuzish bo‘lib arxeologik-rekognotsirovka ishlari natijasida Yuqori Qashqadaryodagi Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 600 dan ziyod tur xil davrga oid yodgorliklar aniqlandi. Natijada 20% yodgorliklar antik davrda, 50% yodgorliklarda ilk o‘rta asrlar davri qatlamlari mavjudligi va 30% yodgorliklar o‘rta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Parallel ravishda Qashqadaryo, Oqsuv, Qizildaryo, Tanxozdaryoning qadimgi va o‘rta asrlardagi sun’iy sug‘orilish tarixi o‘rganildi. 17 ta maqola, shu jumladan 2 ta katalog chop dildi.
«Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysida sug‘orma dehqonchilik shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari (bronza, ilk temir va antik davr arxeologik materiallari asosida)» (2015- 2017 ) Anorboyev A.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar
Arxeologik va paleografik materiallar tahlili dastlab eng qulay va xavfsiz joylar o‘zlashtirilganligini ko‘rsatdi. Farg‘ona vodiysida bunday joylar adir ortidagi pasttekisliklar bo‘lgan. Shu jumladan, Chust yodgorligining quyi qatlamlarida Chust madaniyati qadimgi dehqonlarning birinchi manzilgohi aniqlandi. Ushbu manzilgoh sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, mil. avv. XXV-XVIII asrlar bilan davrlashtiriladi. Mil. avv. II ming yillik boshlaridan sug‘oriladigan dehqonchilik kengayib, Farg‘onaning Qoradaryo, Kosonsoy, Oqbura, Marg‘ilonsoy, So‘xsoy va boshqa daryolar havzalaridagi pasttekisliklar o‘zlashtiriladi. 8 ta maqola e’lon qilingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari arxeologiya merosi obyektlarining majmuasini tuzish va ularning tarixiy-geografik xaritasini yaratish” (2015- 2017) Pardayev M.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.
O‘rganilayotgan hududning (Jizzax va Sirdaryo viloyatlari) geografik joylashuvi va suv resurslari o‘rganildi, mazkur tadqiqotlar natijasida qadimgi irrigatsion sistemalarga aniqliklar kiritildi. Aynan shu irrigatsion hududlarda asosiy yodgorliklar tarqalganligi qayd etildi. 100 dan ortiq arxeologik yodgorliklar aniqland, xususiyatlari o‘rganildi, koordinatalari oydinlashtirildi, topografik xaritalari tuzildi va muhofaza zonalari belgilandi. 11 ta maqola chop etildi.
«Janubiy Sug‘dning qadimgi va o‘rta asrlar tarixiy topografiyasi (arxeologik va yozma manbalar asosida)» (2015- 2017) Raimqulov A.
Loyiha doirasida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik natijalar.
Qashqadaryo viloyatida 200 dan ortiq turli davrlarga oid yodgorliklar qayd etildi. Kesh vohasining o‘rta asrlarga oid rustoqlarining (tuman) joylashuvi va tarixiy geografiyasi borasidagi tadqiqotlar yakunlandi hamda ularning chegaralari aniqlandi.
Yangi arxeologik manbalar asosida Janubiy Sug‘dning ikki asosiy shahri-Nasaf (Shulluktepa) va Kesh (Shahrisabz) tarixiy topografiyasi va G‘uzor, Naxshab, Kesh vohalari sun’iy sug‘orish tizimlari o‘rganildi. 7 ta maqola chop etilgan.
PZ-2016 0908175719 «Qoraxoniylar davrida O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlari madaniyati» (2017-2018) Maqsudov F.A.
Loyiha doirasida dengiz sathidan 700 800 m balandlikda joylashgan Qoraxoniylar davriga oid yodgorliklarning arxeologik o‘rganilishiga doir tarixiy-arxeologik manbalar bazasi yaratiladi va tahlil qilinadi. Ba’zi ma’muriy markazlarni tog‘ va tog‘oldi hududlarga joylashtirgan Qoraxoniylarning geopolitik strategiyasi o‘rganilib, tadqiq etiladi. Shu bilan birgalikda Qoraxoniylar davrida O‘zbekiston hududidagi tog‘ va tog‘oldi mintaqalarda yashovchi xalqlarning urbanizatsiya jarayonlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, san’ati, hunarmandchiligi, pul-tovar va iqtisodiy munosabatlari o‘rganiladi. Bundan tashqari, Qoraxoniylar davri tog‘ sivilizatsiyalari, dunyoning boshqa mashhur tog‘ sivilizatsiyalari (Janubiy Amerikaning Machu Pikchu, Osiyodagi Tibet va Nepal sivilizatsiyalari) bilan taqqoslanadi. Ularning o‘ziga xosligi va rivojlanishidagi umumiyliklar aniqlanadi va mantiqiy xulosalar chiqariladi.
P3 2016-0908181105 «O‘zbekiston qadimgi davr monumental tasviriy san’ati va uning Markaziy Osiyo tasviriy san’atidagi o‘rni (yangi topilmalar o‘rganilishi, restavratsiyasi, muzeylashtirish)» (2017- 2018) Reutova M.A.
Loyihada O‘zbekiston arxeologik yodgorliklaridan topilgan tasviriy san’at fragmentlari sistemalashtiriladi va restavratsiyasi amalga oshiriladi; qadimgi badiy san’at maktablarining o‘ziga xosliklari va texniko-texnologik usullari o‘rganiladi, devoriy suratlarni yaratishda qadimgi ustalar tomonidan foydalanilgan materiallarning kimyoviy tarkiblari o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Afrosiyob, Fayoztepa, Qoratepa devoriy suratlarining pigmentlari va ganch asoslari, suvoqlari kimyoviy tarkiblari va ularning texnologik va badiy o‘ziga xosliklari tadqiq etiladi.
PZ-2016 0908233831 «Arxeologiya institutining noyob artefaktlari, arxivi va kamyob kitoblarni saqlash va tarjima qilish, raqamli formatga o‘tkazish» (2017- 2018) Bogomolov G.I.
Loyiha davomida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro vohasidagi arxeologik tadqiqotlar va yodgorliklarni ro‘yxatga olish ishlarida to‘plangan arxiv materiallari (hisobotlar) raqamli formatga o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda O‘zR FA Arxeolgiya instituti ilmiy kutubxonasidagi noyob kitoblarning raqamli shakllari yaratiladi. Bundan tashqari O‘zR FA Arxeologiya instituti muzeyining elektron katalogi shakllantiriladi.
PZ-2016 0909201244 «O‘rta asrlarda Sug‘d hunarmandchiligi» (2017-2018) Mirzaaxmedov J.K.
Yirik xunarmandchilik markazlari bo‘lmish Afrosiyob, Naxshab, Poykend, Vardanze hududlarida arxeologik izlanishlar olib boriladi. Hunarmandchilik namunalaridan iborat arxeologik materiallar: sopollar, metallar, shishalar klassifikatsiya qilish, chizish, fotofiksatsiya ishlari laboratoriya sharoitida tadqiq etiladi. Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti fondlaridagi, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz muzey fondlaridagi materiallar qayta ishlanadi. FA Arxeologiya instituti fondlaridagi, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz muzeylaridagi kolleksiyalar tahlil qilinadi.