“FA-I8-G005 “Munchoqtepa-qadimgi Farg‘ona madaniyatining noyob yodgorligi” (2009-2010) Matbabayev B.
Loyiha davomida qo‘lga kiritilgan asosiy yutuqlar.
Namangan viloyati Pop tumani hududida ilk o‘rta asrlarga oid noyob arxeologik ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. Qo‘lga kiritilgan materiallar qadimgi Farg‘ona vodiysi aholisining ilk o‘rta asrlardagi dafn etish marosimlarini rekonstruksiya qilish imkonini berdi. Tadqiqotlar natijalari asosida loyiha rahbari B.X. Matboboyev tomonidan 22 bosma taboq hajmdagi “Ilk o‘rta asrlar Farg‘ona madaniyati tarixiga doir” nomli ilmiy monografiya tayyorlandi va chop etildi.
“Ba’diy va moddiy artefaktlar asosida Surxondaryo viloyati arxeologik merosi” (katalog) Pidayev Sh.
Loyiha davomida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik yutuqlar.
2010 yilda Termiz muzey fondlaridagi bir qism materiallar Surxondaryo viloyati arxeologik artefaktlari ilmiy katalogini tayyorlash maqsadida ilmiy muomalaga kiritildi. Ammo, 2011 yilda tadqiqotlar asosida ko‘zda tutilgan ilmiy natijalar o‘z vaqtida qo‘lga kiritilmaganligi bois loyihaning moliyalashtirishi to‘xtatilgan.
I1-FA-0-47247 “Samarqand viloyati arxeologik yodgorliklari katalogi” ni tayyorlash va nashr etish. (2013-2014) Berdimuradov A.
Loyiha davomida qo‘lga kiritilgan asosiy ilmiy-texnik yutuqlar.
Samarqand viloyatida turli davrlarga oid 1000 ga yaqin arxeologik yodgorliklar aniqlandi va kompyuter bazasiga kiritildi. Har bir yodgorlikning bugungi kundagi holatini ko‘rsatuvchi topografik xaritasi, rasmi, yozma ma’lumotnomasi tuzildi. Aniqlangan yodgorliklar asosida “O‘zbekiston arxeologik yodgorliklar katalogi. Samarqand viloyati. Samarqand shahri va uning atrofi”, “O‘zbekiston arxeologik yodgorliklar katalogi. Samarqand viloyati. Nurobod tumani” nashr etildi. Samarqand viloyati Samarqand, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Tayloq, Qo‘shrabot, Bulung‘ur, Jomboy tumanlari arxeologik katalogi tayyorlandi. Loyiha bo‘yicha 2 ta kataloglari va 3 ta maqola tayyorlandi.