MILLIY ARXEOLOGIYA MARKAZI

Миллий Археология маркази тарихи

 

Ozbekistonturli davrlarga oid arxeologik yodgorliklar saqlanib qolgan qadim Sharq mintaqalaridan biri sifatida, dastlab XIX asr oxirlaridan boshlab V. V. Bartold, N. I. Veselovskiy kabi yirik sharqshunos olimlar, Akram Polvon Asqarov, Mirzo Abdullo Buxoriy, Muxammada Vafo, V. L. Vyatkin kabi mahalliy ishtiyoqmandalar tomonidan tadqiq etilgan bolib, bu oz navbatida Ozbekistondagi yosh fanlardan biri arxeologiyani shakllanishiga va rivojlanishiga zamin yaratgan. Ozbekistonda arxeologiya fanining tolaqonli shakllanishi XX asr boshlariga togri kelib, bu OzR FA Tarix va arxeologiya instituti, muzeylar, universitetlar, Sanatshunoslik institutlarining davriy ekspeditsiyalari faoliyati bilan bevosita bogliqdir. 1970 yil 19 avgustda Ozbekiston Vazirlar Mahkamasining № 426 qarori asosida OzR FA Tarix va arxeologiya instituti bazasida Orta Osiyo mintaqasida yagona bolgan Arxeologiya instituti tashkil etildi. Arxeologiya instituti 1970 yil 30 sentabrdan Samarqand shahrida oz faoliyatini boshladi va 1988 yilda institutga uning tashkil etilishida katta hissa qoshgan olim, OzR FA akademigi Yahyo Gulomov nomi berildi. Shu vaqtdan boshlab moddiy va manaviy madaniyat tarixini tiklash uchun qadimgi yodgorliklarni tadqiq qilish, Ozbekistonning qadimgi davri yodgorliklarini davrlashtirish, mintaqaning sugorilishi tarixi, arxeologik yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilishning ilmiy uslublarni ishlab chiqish institutning asosiy tadqiqot sohalariga aylandi. Shu bilan bir qatorda Ozbekiston halq xojaligi qurilish hududlaridagi tarixiy madaniy yodgorliklar royxatini tuzish ishlarini tashkil etish kabi amaliy ishlar ham olib borila boshlandi. Institut ilmiy xodimlarining tadqiqotlari tufayli tosh davriga oid onlab: Paltou va Obiraxmat gor manzilgohlari, Kolbuloq, Qotirbuloq, Xojamazgil kabi ochiq turdagi manzilgohlar, Uchtut, Kolbuloq, Qopchigay, Vaush singari tosh davri kremniy sanoati ustaxonalari, Qoshilish, Obishir gori, Machay gori kabi mezolit manzilgohlari; Amudaryo va Zarafshon havzalaridagi yuzlab neolit davriga oid manzilgohlar organilib, Ozbekiston halqlarining qadimgi davrdagi madaniyati Yevropa va JanubiySharqiy Osiyo madaniyatlari ortasidagi koprik vazifasini bajarganligi aniqlandi.

Bronza davri xususida yangi tadqiqotlar olib borildi. Shimoliy va Markaziy mintaqalardagi chorvador va dehqonchilik madaniyaiga oid Tozabog‘yob, Suyorgan, Zamonbobo madaniyatlarining Farg‘ona vodiysi hududidagi Chust madaniyatiga xo‘jalik-iqtisodiy jixatdan yaqin ekanligi isbotlandi. O‘zbekiston janubida ilk marotaba fan uchun yangilik bo‘lgan, ilk dehqonchilik madaniyatiga oid aniq rejali turar joylar qurilishi, mustahkam mudofaa, murakkab me’moriy an’analar, maxsus hunarmandchilik sohalari – kulolchilik, metallurgiya, suyak va yog‘ochga ishlov berish, to‘qimachilik va zargarlik sohalariga ega bo‘lgan Sopolli madaniyati kashf qilindi. Bronza davriga oid bo‘lgan Jarqo‘ton yodgorligining tadqiq qilinishi natijasida, qadimgi Baqtriya tamaddunining bosh qarorgohga va yirik jamoat sajdagohi – ibodatxonaga ega bo‘lgan ilk shahar madaniyati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ldi. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston ilk dehqonchilik madaniyati tarixini bir necha ming yilliklar qadim ekanligini isbotlab qolmasdan, balki bronza davri aholisining iqtisodiy, moddiy va ma’naviy madaniyatini hamda shahar hayoti vujudga kelishi yo‘llarini ochib berdi. Respublikamizning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadim shaharlari tarixini o‘rganishga doir maxsus tadqiqotlar olib borildi. Afrosiyob shahar yodgorligida o‘tkazilgan sistematik qazuv ishlari natijasida uning vujudga kelishi bosqichlari, rivojlanishi dinamikasi xususidagi yangi ma’lumotlar olindi. Buxoro, Termiz shaharlarining paydo bo‘lishi va iqtisodiy taraqqiyoti davri aniqlandi, G‘arbiy Sug‘d va Tohariston antik davri madaniyati, e’tiqodiy komplekslari va buddaviylik yodgorliklari ochib o‘rganildi. Janubiy Sug‘d hududida Baqtriya va Sug‘d arxaik va antik madaniyatlari tutashuvini aks ettiruvchi jamoat sajdagoxiga, qudratli mudofaa tizimiga ega bo‘lgan yirik shahar markazi hisoblangan Naxshab hududidagi Yerqo‘rg‘on shahar yodgorligi tadqiq etildi. Toshkent mintaqasi bugungi kunda turkiy xalqlar tarkibiga kirgan o‘zbek xalqi tili va urf odatlari shakllanishining yadrosiga aylangan, ilg‘or markazlaridan biri bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Farg‘ona hududidagi qadim shaharlar – Marhamat, Sho‘rabashat hamda o‘rta asrlardagi poytaxtlar – Axsikent va Quva kabi shahar yodgorliklarini o‘rganish jarayonida arxeologlar juda ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni qo‘lga kiritdilar. Institutning ilmiy tadqiqot ishlarining keyingi bosqichi 80- yillardan boshlanib, bu davrda mutlaqo yangicha uslubda qadim tarix bosqichlarining asosiy muammolari – ishlab chiqarish iqtisodiyoti, urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi va rivoji, mintaqalarning madaniy-irrigatsion tuzilishi, moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘ziga xosligi masalalarini o‘rganishga e’tibor qaratilishi natijasida O‘zbekiston tarixining qadim sarlavhalari yangi kashfiyotlar bilan boyitildi.

Birinchidan, respublikamiz tarixining davriy tizimi ishlab chiqildi, bu borada kompleks ekspeditsiyalar olib borildi, ushbu ekspeditsiyalar natijasida tosh davridan to so‘ngi o‘rta asrlarga qadar bo‘lgan davr tarixi to‘liq tiklandi, ushbu davrlarga oid juda katta ilmiy ma’lumotlar va adabiyotlar to‘plandi, O‘zbekiston halqi milliy merosining juda katta qismi saqlab qolindi.

Ikkinchidan, ushbu tadqiqotlar o‘zbek arxeologiya fanini jahon miqyosiga olib chiqdi, O‘zbekiston xalqlarining qadim Sharq tamadduniga qo‘shgan hissasining naqadar buyuk ekanligini ko‘rsatib berdi. Markaziy Osiyo hududidagi Oks va Yaksart oralig‘i qadimgi dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi beshigi, qudratli shahar hayotining markazi, ilm-fan taraqqiyoti vatani, yuqori madaniy hayot, savdo va hunarmandchilik yurti bo‘lganligi ko‘rsatib berildi.

Tadqiqotlarning yangi bosqichi turli iqtisodiy hududlarda quyidagicha olib borildi:

a) tog‘li tumanlarda akademik A. P. Okladnikov qadimgi tosh davriga oid bir qator manzilgohlarni ochib o‘rgandi, uning shogirdlari O‘zRFA akademigi O‘. Islomov boshchiligida arxeologlar paleolit, mezolit, neolit davrlarini bosqichma bosqich davriylashtirib, chorvachilik xo‘jaligi paydo bo‘lish davri ikki ming yil ilgariga oidligini, ilk inson paydo bo‘lishi davrini million yil oldin bo‘lganligini aniqladilar. Ushbu kashfiyotlar Markaziy Osiyo hududi insoniyat shakllangan hududlardan biri ekanligini isbotladi.

b) qadimgi dehqonchilik hamda chorvachilik xo‘jalliklari aloqa hududlarida va dastlabki chorvachilik iqtisodi shakllangan hududlarda O‘zR FA akademigi A.A. Asqarov boshchiligida bir gurux arxeologlar keng ko‘lamda tadqiqot ishlarini boshlab yubordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida fanda bir qator yangiliklar qilindi. Qadimgi dehqonchilik va urbanizatsiya shakllanish davri bir necha ming yilliklarga qadimiylashdi va mahalliy iqtisodiy asoslarga tayanganligi aniqlandi. Markaziy Osiyo hududida shaharsozlik va urbanizatsiyaning mahalliy asoslariga va o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan uchta hudud aniqlandi.

Ushbu tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston vohalarida qadimgi davlatchilik va urbanizatsiyalashuvning yadrosi qadimgi Baqtriya podsholigi ekanligi va bu yerda ilk shaharlar, davlatchilik shakllanganligi aniqlandi. Ushbu tadqiqotlarning davomi sifatida asosiy tadqiqotlar oqimi shaharsozlik madaniyatining integratsiyasi markaziy (Sug‘d) va shimoliy mintaqalarga (Choch) ko‘chdi. Ushbu muammolarni o‘rganish yuzasidan faoliyat olib borgan bir gurux olimlar (A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, R. X. Suleymanov, M. X. Isomiddinov, M. I. Filanovich, G. V. Shishkina, T. K. Xodjayov, E. V. Rtveladze) O‘zbekiston davlat mukofoti – Abu Rayxon Beruniy ordeni bilan taqdirlandilar.

O‘rta Osiyo va Sharq voxalarining iqtisodiyoti kuchayishining asosida sug‘orma dehqonchilikning roli katta. Sug‘orma dehqonchilik va uning Sharq xalqlari taraqqiyotida tutgan o‘rnini aniqlab berish maqsadida Fanlar akademiyasi doirasida akademik Ya.G‘. G‘ulomov boshchiligida Xorazm hududida tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiyot bosqichlari va uning jamiyat taraqqiyot bosqichlaridagi o‘rni aniqlab berildi. Ushbu tadqiqotlarning davomi sifatida O‘zR FA akademigi A. R. Muxamedjanov va professor A. Abdulxamidovlar tomonidan Sug‘d va Farg‘ona vodiysi sug‘orma dehqonchilik tarixi tadqiq etildi.

O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i xalqlari iqtisodiy tarixida turli ma’danlarga ishlov berish alohida ahamiyat kasb etib, turli sharq muarrixlari asarlarida bu hudud tabiiy ma’danlarga boy ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Bu boradagi muammolarni yechish maqsadida M.V. Masson boshchiligidagi geolog va arxeologlardan iborat ekspeditsiyalar tadqiqot ishlarini olib bordi. Ushbu tadqiqotlar samarasi o‘laroq T. M. Mirsoatov va M. R. Qosimovlar tomonidan tog‘ kremniy sanoatining paleolit davridan tortib to neolit davrigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan bo‘lsa, akademik Yu. F. Buryakov Toshkent vohasi rangli metallarga ishlov berish tarixini o‘z tadqiqotlarida yoritib berdi.

Markaziy Osiyoning shaharsozlik madaniyatini yoritib berish maqsadida O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm, Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘iston hududlaridagi qadimgi shahar yodgorliklarida ko‘plab izlanishlar olib borildi. Jumladan, qadim shahar yodgorliklari xisoblangan – Afrosiyob, Yerqo‘rg‘on, Qanqa, Eski Termiz, Dalvarzintepa, Buxoro, Poykend, Axsikent, Pop, Xiva, Mizdahkan, Qaliyatepa, Qo‘rg‘ontepa, Kofirqala, Dabusiya (X. Axunboboyev, M. Isomiddinov, R. Sulaymonov, Yu. Buryakov, G. Bogomolov, Sh. Pidayev, Sh. Raxmonov, G. Pugachenkova, E. Rtveladze, A. Muhammadjonov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov, A. Anarbayev, I. Ahrorov, B. Matboboyev, M. Mambetullayev, M. To‘rabekov, M. Pardayev, A. Gritsina, A. Berdimurodov) yodgorliklarida olib borilgan tadqiqotlar shaharsozlik taraqqiyotidagi bosqichlarni ochib berishda samarali natijalarni berdi.

O‘zbekistonda arxeologiyaning rivoji unga turdosh bo‘lgan fan sohalaridan biri antropologiya taraqqiyotiga ham sezilarli, ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, Zarafshon, Xorazm, Surxondaryo va Sirdaryo vohalari, Farg‘ona vodiysida olib borilgan arxeologik va antropologik izlanishlar natijasida O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekiston zaminida qadimdan yashovchi aholining asosiy antropologik tiplarini, ularning shakllanish tarixini yoritishga imkon yaratildi. Bu masalalarni yoritishda T. Xodjayovning hissasi salmoqli bo‘ldi.

O‘zbekiston arxeologiyasi fanida uzoq yillar mobaynida o‘tkazilgan fundamental tadqiqotlar natijalarini tom ma’noda o‘zbek xalqi tarixi bilan bog‘lash mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlandi. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqimizning qadim o‘tmishi, shonli tarixi, ajdodlarimizdan qolgan nodir madaniy merosni ilmiy o‘rganish, uni asrash bo‘yicha yangicha yondashuv, talab va vazifalar davlat miqyosida kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 1998 yilda respublikamizning bir guruh yetakchi tarixchi, arxeologlari bilan o‘tkazgan uchrashuvi va ushbu uchrashuv natijasi o‘laroq, Respublika Vazirlar Mahkamasining “O‘zR FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” chiqqan qarori istiqbolda, tarixchi, arxeologlar tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlarning dasturi amali bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qarorning qadimgi tarix, xususan arxeologiyaga oid bandlaridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, Arxeologiya institutida “O‘zbekistonda Arxeologiya fanini rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi.

Mustaqillik yillarida nihoyatda faollashgan tadqiqotlar ko‘lami va ularning ilmiy samarasi tufayli, O‘zbekiston arxeologiyasi dunyo ilm-fani darajasiga ko‘tarildi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi arxeologiya markazlari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatishga, teng asosda xalqaro kelishuvlar tuzishga zamin yaratdi. Ayni paytda, O‘zbekiston hududida Avstraliya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Polsha, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlarning arxeolog olimlari bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

1959 yildan “O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi”, 2002 yildan “O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar” yillik to‘plamlari nashr etilib, ularda Respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010 yildan esa “O‘zbekiston Arxeologiyasi” ilmiy jurnali chop etila boshlandi.

O‘zbekiston arxeologiyasi hozirgi paytda millat manfaati, uning madaniy –ma’naviy hayoti, mustaqillik g‘oyalari talab va istaklaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritmoqda, fanga xizmat qilmoqda. Belgili tavallud yoshlari nishonlangan Ahmad al–Farg‘oniy, imom Moturudiy, imom al–Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ salaflarimizning ilmiy merosi, ular yashab o‘tgan davr madaniyati taraqqiyotini o‘rganishda, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Xiva, Termiz, Toshkent, Marg‘ilon singari qadimiy shaharlarimizning muborak tarixiy sanalarini rasman aniqlashda, o‘zbek arxeologiyasining xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Ushbu yubiley tantanalarini BMT ning maxsus bo‘limi YUNЕSKO shafeligi ostida o‘tkazilishi, so‘nggi deyarli 25 yil davomida mamlakatimizda olib borilgan arxeologiya fani izlanishlarining naqadar serqirra va sermahsul bo&ls


×