Markaz haqida

FANLAR AKADЕMIYASI MILLIY ARXЕOLOGIYA MARKAZI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

 Tashkil topgan yili: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1970-yil 19-avgustdagi 426-sonli qarori bilan dastlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-2789-sonli “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti deb nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 792-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti negizida O‘zR Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi.

Ilmiy potensiali:  Markazning umumiy xodimlari soni 120 kishi, shundan, ilmiy xodimlar soni – 52, fan doktorlari – 6, fan nomzodlari – 26 kishi. 2017-yildan buyon 3 fan doktori (DSc) va 5 falsafa doktori (PhD) yetishib chiqqan. 2016-2020 yillar davomida ilmiy konferensiyalarda 449 maqolalar chop etilgan, ulardan 134 tasi chet ellarda. 16 monografiya shulardan 3 tasi chet ellarda.

Markaz manzili: M.Ulug‘bek tumani, M.ulug‘bek ko‘chasi 81 uy; Samarqand filiali – Samarqand shahri, V.Abdullayev ko‘chasi 3.

Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari:

–       respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yo‘naltirish va arxeologik izlanishlarda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qo‘llash;

–       innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda kompleks arxeologik ekspeditsiyalarni soha ta’limi amaliyoti bilan bog‘lab tashkil etish;

–       arxeologiya sohasida yetuk ilmiy kadrlar tayyorlash;

­­–       arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asosini tayyorlash;

–       arxeologik tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish, xorijiy mamlakatlarning arxeologiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi-olimlar bilan qo‘shma arxeologik ekspeditsiyalarni tizimli tashkil qilish;

–       arxeologik tadqiqotlarga oid xalqaro tadbirlarni mamlakatimizda tashkil etish va xorijda arxeologiya bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish;

–       tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatda arxeologik tadqiqotlar olib borilishi zarur bo‘lgan hududiy ob’ektlar yagona ma'lumot bankini hamda ularning muammolari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish;

–       arxeologik tadqiqot natijalarini keng ommaga yetkazish maqsadida muntazam ravishda ilmiy va ommabop kitoblar, zamonaviy tadqiqot uslublari singdirilgan o‘quv qo‘llanma va ko‘rsatmalarni nashr qilishni yo‘lga qo‘yish;

–       Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Axsikent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasi faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash.

Noyob ilmiy ob’ektlar fondi:Markazning Ilmiy muzeyi qimmatli va noyob ob’ektdir. Xorijiy ilmiy institutlarning mutaxassislari-arxeologlar, etnograflar, antropologlar muzey eksponatlari bilan tanishadilar va ular ustida ishlaydilar. Muzeyda tosh asridan XIX asrgacha bo‘lgan arxeologik yodgorliklardan topilgan 700 arxeologik topilmalar mavjud.

Markazning ilmiy qutubxonasi o‘zining ibtidoiy jamiyat moddiy madaniyati, qadimda  O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan antik va ilk o‘rta asr davlatlari tarixiga oid ishlari bilan mamlakatimiz maktablari va oliy o‘quv yurtlari uchun ilmiy nashr va darsliklar yozishda foydalaniladigan ishonchli tarixiy ma’lumotlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi. Markaz kutubxonasi xodimlarini O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda nashr qilingan zaruriy adabiyotlar bilan ta’minlaydi. So‘nggi yillardagi ilmiy publikatsiyalar, o‘rta asrlar va so‘nggi o‘rta asrlar davri mualliflarining O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga oid asarlari arxeologlarga arxeolik qazishmalar davrida olingan yangi ilmiy materiallarni tushunish, qayta ishlash va sharhlash imkoniyatini beradi. Kutubxona hozirgi kunda 50 mingdan ortiq kitoblar,  davriy nashrlar va dissertatsiyalarga ega. Kutubxona fondi MDH va xorijiy davlatlar kutubxonalari bilan ilmiy adabiyotlar almashish imkoniyatini beradi.

Ilmiy arxiv markaz xodimlari, yurtimizdagi ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan mahalliy va chet ellik arxeologlarning ilmiy hisobotlari, ish materiallar, chizmalar, kundaliklar, negativlar va qazishma natijalarini ifodalovchi fotografiyalarini jamlaydi. Arxivning katta qismini markaz xodimlarining XX asr 70 yillaridan – XXI asr boshlarigacha bo‘lgan ilmiy hisobotlari tashkil qiladi. Chop qilinmagan hisobotlardagi ma’lumotlar kelgusida qayta ishlash, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari, shuningdek umumiy xarakterdagi ilmiy ishlar uchun foydalaniladi. Arxivda 1,5 ming ilmiy hisobotlar va kundaliklar saqlanadi.

Markazning arxeologik topilmalar fondi O‘zbekistonning turli xududlaridagi dala ishlari davomida olingan material va ob’ektlardan iborat. Markaz fondi arxeologiya soxasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qiluvchi chet ellik mutaxassislar va markaz xodimlarining arxeologik topilmalar bilan samarali ishlashlari uchun zarur. Xozirgi kunda fondga qabul qilingan arxeologik predmetlar soni 850 ni tashkil qiladi.

Asosiy yutuqlar:

Buxoroning voha devori – Kampirdevor o‘rganildi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha devor Buxoroning 15 ta rustog‘ini o‘rab olib, 300 km dan oshiq bo‘lgan. Devor har 8-10 km lik qismlarda burjlar, qal’alar, darvoza va u yerga keluvchi karvonlarni nazorat qiluvchi bojxonalariga ega bo‘lgan. Devorning dastlabki qurilishlari V asrga borib, u nafaqat vohani ko‘chmanchilar hujumlaridan balkim aholining bosqinlardan himoya qilishga ham mo‘ljallangan. (Бухарской Оазис и его соседи в древности и средневековье. Труды Государственного Эрмитажа LXXV //  На основе материалов научных конференций 2010 и 2011 гг. Санкт –Петербург, 2015.  Journal of Inner Asian Art and Archaeology >List of Issues >Volume 7 > DOI: 10.1484/J.JIAAA.4.2017006)

Mingtepa yodgorligida (Andijon viloyati) Markaziy Osiyo ilk temir davriga oid qadimiy qatlamlar aniqlandi. 150-160 gektar maydonni egallagan tashqi shaharning mudofaa devori o‘rni aniqlandi. To‘g‘ri to‘rt burchakli shinakli burjlar ochildi. Ikki qavatlik burjlar mavjud bo‘lganligi o‘zi ilmiy asosini topdi.shuningdek birinchi bor antropomorf va zoomorf ornamentli qizil angobli sopol idish qismlari topildi. (Mingtepa ancint walled site in Uzbekistan/http://www.kaogu.cn/en/News/New_discoveries/2017/0119/56899.html

 https://mingtepa.uz)

2015 yilda Kattasoy-1 (Toshkent viloyati) yodgorligida olib borilgan arxeologik qazuv ishlari Chotqol tog‘ tizmasi o‘rta qismlarida ham o‘rta paleolit davrida qadimgi insonlar istiqomat qilshganligi birinchi bor aniqlandi. Tadqiqotlar G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ oldi hududlarining o‘zlashtirilishini yangicha variantini ko‘rsatdi. U Obi-Raxmat madaniyati an’analaridan farq qilib, avval bu hududda uchramagan muste guruxiga o‘xshashligini ko‘rsatdi. Shuningdek birinchi bor Kattasoy-1 tosh industriyasi Markaziy Osiyoning g‘arbi o‘rta paleolitining muste tipiga (Teshiktosh) yaqinligi aniqlandi. (http://journal.antiquity.ac.uk/projgall/kot340 .

http://journal.antiquity.ac.uk/projgall/456)

IX asrning ikkinchi yarmidan Farg‘ona shahri arab manbalarida Axsiket (Namangan viloyati) deb nomlana boshlanganligi, tangalarda esa XI asrning boshlariga qadar u ikki nomda Farg‘ona-Axsiket sifatida nomlanib keladi. IX-XII asrlarda poytaxt shahar maydoni 400 gektardan oshadi va o‘z davrining megapolisiga aylanadi. Aynan shu davrda “tutash quvurlar” qonuniga asoslangan yer osti vodoprovod tizimi quriladi. (https://humancapital.su/publikacii/vypusk-2-122-2019/)

         Jizzah viloyati Zomin tumanidagi tog‘li mintaqada joylashgan Toshbuloq yodgorligida o‘tkazilgan geofizik (magnitometrik) va topografik xaritalash ishlar yodgorlikning tahminan 7 gektar markaziy yadroga va katta qabristonga ega bo‘lgan o‘rta asr shahri,  yirik qurilish masshtabga ega bo‘lgan shahar manzilgohi bo‘lganligigi tasdiqladi. 2015-2018 yillardagi arxeologik qazishmalarda shaharni xronologiyasi va ishlab chiqarish faoliyati xaqida ma’lumotlar olindi. Xronologik jihatidan, toshbuloqdagi dastlabgi inshoatlar X asr oxiri – XI asr boshlariga, Qoraxoniylar davriga oid. Suyak qoldiqlarini izotopik tahlil qilish asosida shaharning to‘liq ko‘lami va tashkil etilishi, iqtisodiy faoliyat spektri, yodgorlik atrofidagi tog‘li ekologiyaning roli, o‘rta asr ko‘chmanchi va o‘troq shahar aholisining ovqatlanish ratsioni o‘rganildi. (Urban and nomadic isotopic niches reveal dietary connectivities along Central Asia’s Silk Roads. Scientific Reports, volume 8, Article number: 5177 (2018) doi:10.1038/s41598-018-22995-2; Science. 2019 Sep 6; 365(6457): eaat7487. doi: 10.1126/science.aat7487)

Samarqand shahri Afrosiyob muzeyidagi Varxumanning elchilar kutadigan saroyi zalidagi dunyoga mashhur qadimiy devoriy suratini  qayta restavratsiya qilish ishlari yakunlandi. Ishlar yakunlanishi bilan, 27-sentabrda AQSH, Fransiya, Shveysariya, Janubiy Koreya diplomatik missiyalari, homiylar ishtirokida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. (http://china-uz-friendship.com/?p=13109  https://uz.usembassy.gov/ru/painting-of-the-ambassadors-ru/)

2017-yilda Kofirqal’a yodgorligida (Samarqand viloyati) noyob topilma aniqlandi. Arkning shimoliy qismidagi saroy majmuasining markaziy xonalaridan birini ochish jarayonida O‘zbekiston fani va tarixi uchun favqulodda bo‘lgan, VII-VIII asrlarga oid, yog‘ochdan o‘yib ishlangan – panno aniqlandi. Bu kabi yog‘ochga o‘yilgan, ko‘p personajli kompozitsiya xalqaro ahamiyatdagi noyob kashfiyot bo‘lib, Markaziy Osiyo arxeologiyasi tarixida ilk bora uchradi. (http://www.chnt.at/archaeological-excavation-and-documentation-of-kafirkala-fortress /  The Fire Layer that Covers the Citadel of Kafir-kala in Uzbekistan: Excavations of the Japanese-Uzbek Expedition (2017). Ancient Orient through Excavations in 2017,

Proceedings of the 25th Annual Meeting of Excavations in West Asia. Japanese Society for West Asian Archaeology, 62-66.)

Древняя ДНК позволяет начать отслеживать историю движений древнего человека по всему земному шару. Статья  выявляет сложный характер миграций людей и примесей в Южной и Центральной Азии, по генетическому анализу более 500 человек, которые жили в течение последних 8000 лет. Статья устанавливает ключевые фазы в предыстории населения Евразии, включая распространение земледельческих народов из Ближнего Востока, с перемещениями как на запад, так и на восток. Культуры, известные как Ямная в Бронзовом веке, также двигались как на запад, так и на восток из центра, расположенного к северу от Черного моря. Общая характеристика генетических особенностей отражает сходные и параллельные древние группы в Южной Азии и Европе. (https://science.sciencemag.org/content/365/6457/eaat7487)

          

Представлено подробное описание географии Ферганской долины на примере древнего поселения Кыркхуджра городища, так же на основе данных полученных в ходе археологических раскопок предложен его план. Кроме того, представлены археосейсмологические материалы, дающие подробную “карту” деформаций памятника имеющих сейсмическую природу, по которым можно отследить частоту и мощность землетрясений, происходивших на этой территории. Вдобавок к информации касающейся непосредственно городища Кыркхуджры, в статье есть глава о геолого-тектонической и сейсмологической изученности всего рассматриваемого региона. В ней регион описывается с точки зрения его тектонических особенностей, которые могут помочь дать ответы на вопросы, касающиеся сейсмической активности Ферганской впадины. (https://link.springer.com/journal/11485)

 

Ilmiy loyihalar:

Bajarilgan loyihalar:

Fundamental loyihalar:

F1-FA-0-19751 « Ilk va rivojlangan o'rta asrlarda Markaziy va Shimoliy-Sharqiy O'zbekistonning tarixiy topografiyasi)» (2012-2016 yy.).

F1-FA-0-83775 « So'g'd va Ustrushananing qadimgi va dastlabki o'rta asrlari madaniyatidagi urbanizatsiya jarayonlari » (2012-2016 yy.).

F1-FA-0-19793 «O‘zbekistonning qadimgi dehqonchilik madaniyatlari va ko‘chmanchi chorvadorlar dunyosi: mil. avv. III – milodning I ming yilliklari boshlarida o‘zaro aloqalari va ta’sirlar muammosi» (2012-2016 yy.).

F1-FA-0-91419 «Tabiiy-ilmiy uslub tahlili ma’lumotlari asosida qadimgi ishlab-chiqarishning tavsifi va O‘zbekiston xalqining tarixiy merosini asrash» (2012-2016 yy.).

F1-FA-0-76486 «Markaziy Osiyoda o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolit davriga o‘tish va ilk zamonaviy odamlarning shakllanishi muammolari» (2012-2016 yy.).

 

Amaliy loyihalar:

A1-FA-O-12942 «Farg'ona vodiysi va Ustrushonda antropogen landshaftning shakllanishi va rivojlanish dinamikasi (arxeologik joylar misolida)» (2012-2014).

A1-FA-0-89675 «Zarafshon vohasining qadim va o‘rta asrlardagi antropogen o‘zlashtiruvi dinamikasi va aholining etno-madaniy sintezi (Samarqand va Buxoro arxeologiya yodgorliklari materiallari asosida)» (2012-2014).

A1-FA-0-17607 «Qashqadaryo vohasi madaniyatining rivojlanish bosqichlari va sug‘orilish tarixi (qadimda va o‘rta asrlarda)» (2012-2014).

FA-A1-G011 P3 «Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysida sug‘orma dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va uning rivojlanish bosqichlari (bronza, ilk temir va antik davri arxeologik materiallari asosida)» (2015-2017).

FA-A1-G009 P3 «Jizzax va Sirdaryo viloyatlari arxeologiya merosi ob’ektlarining majmuasini tuzish va ularning tarixiy-geografik xaritasini yaratish» (2015-2017).

FA-A1-G012 P3 «Janubiy Sug‘dning qadimgi va ӯrta asrlar davri tarixiy topografiyasi (arxeologiya va yozma manbalar asosida)» (2015-2017).

FA-F-1-001. «O‘rta Osiy ikki daryo oralig‘i qadimgi tosh, ilk metallar va antik davrlari yodgorliklarini tizimli tadqiqot etish hamda O‘zbekiston xalqlari tarixiy merosi ob’ektlarini saqlash» (2017-2020).

FA-F-1-003. «Sirdaryo havzasidagi qadimgi shaharlar va ularning Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni (arxeologik materiallar asosida)» (2017-2020).

PZ -2017092812  - «O‘zbekistonning arxeologik yodgorliklari” katalogi» (2018-2020).

PZ-201709287 - «O‘rta asrlarda shimoliy-sharqiy O‘zbekiston tabiiy landshaftlarining o‘zlashtirilishi» (2018-2020).

PZ-2017092817 - «Markaziy O‘zbekistonning antik va o‘rta asrlardagi shahar va qishloq turmush tarzi: me’morchilik, moddiy, ma’naviy hayotdagi an’analar va o‘zaro hamkorlik» (2018-2020).

 

Innovatsion loyihalar:

I1-FA-0-47247 «Samarqand viloyati arxeologik yodgorliklari katalogini tuzish va nashr etish» (2013-2014).

Fundamental tadqiqotlarni qo‘llab quvvatlash Fondi (FTQF):

IG6-14 «VIII-X asrlarga oid O‘rta Osiyo mis tangalarini tarixiy-manbaviy o‘rganish tarixiy manba sifatida” (2014-2015).

«Sug‘d, Toshkent va Farg‘onaning VIII - IX asr boshlari shahar madaniyati va uning Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni (arxeologik materiallar asosida)» (2016-2017).

 

Bajarilayotgan loyihalar:

Innovatsion loyihalar:

I-FA-2019-6 "Mahalliy polimer materiallaridan foydalangan holda noyob arxeologik joylarni tiklash va muzeylashtirish"

 

Publikatsiyalar (2016-2020 yy.):

2016 yilda nashr qilingan ilmiy ishlar–86: ilmiy jurnallardagi maqolalar– 47: xorijiy nashrlarda – 7 , respublikada– 40. Ilmiy konferensiyalardagi tezislar– 38: xalqaro konferensiyalarda – 2, respublika konferensiiyalarida –36.

2017 yilda nashr qilingan ilmiy ishlar– 67: ilmiy jurnallardagi maqolalar– 46: xorijiy nashrlarda – 16, respublikada– 30. Ilmiy konferensiyalardagi tezislar– 17: xalqaro konferensiyalarda – 3, respublika konferensiiyalarida – 14.

2018 yilda nashr qilingan ilmiy ishlar– 87: ilmiy jurnallardagi maqolalar– 58: xorijiy nashrlarda – 8, respublikada– 50. Ilmiy konferensiyalardagi tezislar– 29: xalqaro konferensiyalarda – 7, respublika konferensiiyalarida – 22.

2019 yilda chop qilingan maqolalar soni – 85: ilmiy jurnallardagi maqolalar– 48: xorijiy nashrlarda – 16, respublikada– 32. Ilmiy konferensiyalardagi tezislar– 37: xalqaro konferensiyalarda – 4, respublika konferensiiyalarida– 33.

2020 yilda chop qilingan nashrlar soni – 332: shulardan, ilmiy jurnallardagi maqolalar – 228: xorijiy nashrlarda – 78, respublikada – 104. Ilmiy konferensiyalardagi tezislar – 104: xalqaro konferensiyalarda – 59, respublika konferensiiyalarida – 45.

 

Ta’lim muassasalari bilan ishlarni tashkil qilish:

O‘zbekistonning qadimgi tarixi va arxeologiya soxasida Milliy universitet, Guliston, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Nukus davlat universitetlari bilan hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Termiz davlat universitetida “Baqtriya-Toxariston arxeologiya va etnologiya kafedrasi” ochildi. Milliy arxeolorgiya markazi SamDU bilan hamkorlikda “Arxeologik amaliyot va ilmiy tadqiqotlar kafedrasi” ochilgan.

Markaz milliy kadrlar tayyorlash va malakasini ochirish davlat dasturi doirasida amalga oshirishda faol ishlab keladi.

2015-2020 yillarda markaz xodimlari rahbarligida 30 magistrlar tayyorlandi.

Bu davrda markaz xodimlarining o‘rtacha 7 nafari OTM larida birgalikda ishladilar.

Markaz qoshida 2017-yildan buyon Vazirlar Mahkamasi qoshidagi OAK tomonidan tasdiqlangan № DSs.02/02.30.12.2019. TAR.45.01. 07.00.06 – «Arxeologiya» ixtisosligi bo‘yicha ilmiy kengash ishlab kelmoqda.

 

Xalqaro ilmiy aloqalar:

Respublika mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng asosiy e’tibor xalqaro aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyiha va ekspeditsiyalarni tashkil qilishga qaratildi.

Xozirgi vaqtda Markaz olimlari Fransiya, Italiya, Rossiya (Novosibirsk, Sankt-Peterburg), Yaponiya,  AQSH, Xitoy davlatlari mutaxassislari bilan  quyidagi qo‘shma loyihalarda  arxeologik tadqiqotlarni olib bormoqdalar:

“Qoraxoniylarni arxeologik o‘rganish” – Sent Lyuis shahridagi Vashington Universiteti bilan hamkorlikda. Tadqiqotlar National Geographic tomonidan moliyalashtirilib, tadqiqotlar Jizzah viloyati Zomin tumani xududidagi Molguzar tizmalarda joylashgan, X-XII asrlarga oid baland tog‘lik mintaqadagi joylashgan ikki noyob urbanizatsiyalashgan manzilgoh Toshbuloq va Tugunbuloqda o‘tkazildi. Loyiha raxbarlari – F.Maksudov va M.Frachetti.

“Qadimgi va o‘tra asrlar davrida Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi” – Fransiya ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi bilan hamkorlikda (CNRS). Tadqiqot ishlari  1989 yilda boshlangan bo‘lib, ekspeditsiya faoliyati asosan ikki joyda - Afrosiyob (Samarqand So‘g‘dining regional poytahti) va Ko‘ktepa shaharchasi (antik manbalarda Bassileya deb nomlangan qadimgi shahar markazlaridan biri) olib boriladi. Loyiha raxbarlari – M.A. Reutova, K.Rapen.

“Qadimgi Baqtriyaning shaharsozligi va fortifikatsiyasi” Fransiya ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi bilan hamkorlikda (CNRS). Ekspeditsiya ishlari 1991 yil  yeramizning I asri o‘rtalarida tashkil topgan Qadimgi Termiz shahrida (Surhondaryo viloyati) olib boriladi. Loyiha raxbarlari - T. Annayev, P. Lerish.

“O‘zbekistonning markaziy, janubiy va shimoliy-g‘arbiy xududlarida tosh davri arxeologiyasi – Fransiya ilmiy tadqiqotlar Milliy markazi bilan hamkorlikda (CNRS). Tadqiqot ishlari 2008 yilada Qizilqumning shimoliy-sharqiy qismida (Buxoro viloyati) joylashgan Ayakagitma manzilida olib boriladi.  Loyiha raxbarlari - M. Xo‘janazarov, F. Brunet.

“Zarafshon vodiysi arxeologik yodgorliklarini  kompleks o‘rganish” – Boloniya Universiteti (Italiya) bilan hamkorlikda. Tadqiqot ishlari 2000 yilda boshlangan, tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari Samarqand So‘g‘dining urbanizatsiya jarayonlari dinamikasi, qadimgi agroirrigatsion zonalarini tarixiy topografiyasini  o‘rganish hisoblanadi. Loyiha raxbarlari – S. Suyunov, S. Mantelleni.

“Sibir, Mo‘g‘iluston va O‘rta Osiyo paleoliti muammolari” – RFA Arxeologiya va etnografiya instituti (Novosibirsk) bilan hamkorlikda. 1998 yildan Toshkent viloyatidagi Obi-Rahmat va Ko‘lbuloq manzilgog‘larini o‘rganish ishlari boshlangan. Loyiha raxbarlari –  S.R. Baratov, A.P. Derevyanko.

“Antik va o‘rta asrlarda Buxoro So‘g‘dining shahar madaniyati” – Davlat Ermitaji (Sankt-Peterburg) bilan birgalikda. Ekspeditsiya faoliyati 1981 yilda Buxoro voxasining yirik shahar markazi, yozma manbalarda “Savdogarlar shahri” va “Mis shahri” deb nomlangan – Poykent shahrida olib borildi. Loyiha raxbarlari –  D.K. Mirzaaxmedov, A.V. Omelchenko.

“Markaziy Osiyo madaniyati tarixi va taraqqiyot bosqichlari” – Kioto Universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda. Tadqiqot ishlari 2006 yilda Samarqand So‘g‘dining yirik shahar markazi – Qalai Dabusiyada boshlangan. Loyiha raxbarlari –  A.E. Berdimuradov, Uno Takao.

“Tyanshan tog‘ tizmasining g‘arbiy qismi arxeologik tadqiqotlari” – Shimoliy-G‘arbiy Universiteti (Xitoy). Tadqiqot ishlari 2014-yilda boshlangan bo‘lib, asosiy e’tibor O‘zbekistonning Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi qadimgi ko‘chmanchilar yodgorliklariga qaratilgan. Loyiha raxbarlari –  A.E. Berdimuradov, Vang Szyan Sin.

“Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqiy mintaqasi qadimgi va ilk o‘rta asrlarda: qadimgi Sharq sivilizatsiyalari va madaniyati o‘zaro ta’siri” – XXR Pekin Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda. Tadqiqotning ilmiy faoliyati Farg‘ona vodiysining yirik shahar markazi – Mingtepaga qaratilgan. Loyiha raxbarlari –  – B.X. Matbabayev, Ju Yanshi (Zhu Yanshi).

Markaz xodimlari faoliyatining muhim tarkibiy qismi O‘zbekistonning barcha tarixiy-madaniy o‘lkalaridagi arxeologiya yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar, erishilgan yutuqlarni xorijning ilmiy jurnallarida yoritish xisoblanadi. Bu kabi ahamiyatli, muntazam nashrlar asosan Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Polsha, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari xisoblanadi.

 

 

 


×