Milliy arxeologiya ilmiy xodimlari shahar 1 -son IIB litseyida arxeologiya asoslari to‘g‘risi litsey o‘qituvchilariga ma’ruza qilindi

Tadbirda markazning quyidagi ilmiy xodimlari istirok etdi:

Muxtorov G‘ayratxon, Isabekov Bekzod, Askarov Ollabergan, Xolmatova Zarifa

Dastlab so‘z navbati markaz ilmiy xodimi Muxtorov G‘ayratxonga berildi. U litsey o‘qituvchilariga kishilik jamiyatining eng qadimgi davri ya’ni tosh davri xususida umumiy ma’lumotlarni berib bevosita o‘zi ilmiy tadqiq etadigan qoyatosh suratlarini to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng markaz ilmiy xodimi Bekzod Isabekov Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Suyurlitepa yogorligi misolida arxeologiya faniga ustozlarga yana bir bor qiziqish uyġotdi. Natija tinglovchilarga juda ko‘plab savollar berildi va bu savollar mutaxassis arxeolog Bekzod Isabekov arxeologik dalillar asosida javob berdi.

So‘z navbati markaz yoshlaridan kichik ilmiy xodimi Ollabergan Askarovga berildi. Yosh olim qadimgi o‘simliklar haqida va qadimgi odamlar ovqatlanish tartibi haqida ma’lumotlar berdi

Xulosa o‘rnida markaz ilmiy xodimi Zarifa Xolmatova bugungi kundagi O‘zRes FA Milliy arxeologiya markazida yaratilgan shart-sharoitlar hamda bugungi kundagi madaniy meros yodgorliklariga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Ma’ruza so‘ngida litsey o‘qituvchilari  tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi va ma’ruza yakunlandi


×