Аrxeologiyada uch oʼlchamli modellashtirish

O‘zFA Milliy arxeologiya markazida 14-aprel sanasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi, Arxeologiya va Etnografiya instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d., prof., Kseniya Anatolevna Kolobova tomonidan “Arxeologiyada uch o‘lchamli modellashtirish” mavzusida ma’ruza qilindi.

Arxeologik topilmalarni uch o‘lchamli modellashtirish bugungi kunda arxeologiya sohasida ancha tez rivojlanayotgan tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Bu arxeologik topilmalarni vizual qabul qilish hamda namoyish etishga xizmat qilish bilan birga olingan ilmiy xulosalarni yuqori aniqlikda uzaro taqqoslashda ham qo‘l kelmoqda. Ma’ruzada arxeologik topilmalarni maxsus yoritish moslamali skaner yordamida skanerlashning zamonaviy metodlari va ularning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi. Tadqiqotchi skanerlashni qo‘llash natijasida arxeologik artefaktning masshtabli modelini olish mumkin. 3D modellarni qayta ishlashning asosiy ketma-ketligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: skanerlangan proeksiyalar guruhlarini qayta ishlash, artefakt modelini yaratish va olingan materiallarni maxsus dasturlarda qayta ishlash. Algoritm bo‘yicha ishlash natijasida tadqiqotchi asl nusxaga to‘liq mos keladigan artefaktning masshtabli modelini oladi.

Yoritish skanerlari yordamida 3D modellashtirishdan foydalanish ancha istiqbolli bo‘lib, tadqiqotchiga yangi imkoniyatlari beradi. Uch o‘lchovli skanerlash fotogrammetriya va kompyuter tomografiyasi usullariga nisbatan ilmiy nuqtai nazardan ma’lum afzalliklarga ega. Shuningdek artefaktlarning o‘lchovlariga to‘liq mos keladigan uch o‘lchovli shaklni olish imkoniyati mavjud. Bu esa aniq metrik o‘lchovlar va shaklga ega bo‘lgan holda artefaktlar ustida turli tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini beradi Ularga topilmalarni uch o‘lchovli geometrik-morfometrik tahlilini amalga oshirish, artefaktlarning hajmi / og‘irlik markazini hisoblash, negativlarning konturlarini chizish va boshqa shu kabi tadqiqotlar kiradi. Yangi tadqiqot usullarining asosiy imkoniyatlari yevropalik va isroillik tadqiqotchilarning nashr etilgan ilmiy ishlari misolida ko‘rsatildi, shuningdek, rossiyalik hamkasblarning o‘z ishlanmalari taqdim etildi.


×