Ilmiy ma'lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr etish faolligi

Bugun Toshkent shahridagi Wyndham Tashkent mehmonxonasida "Ilmiy ma'lumotlardan foydalanish va mualliflarning nashr etish faolligi" mavzusidagi VII Milliy ilmiy-ta'lim forumida Milliy arxeologiya markazidan vakil sifatida yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Tadbir maqsadi - forum ishtirokchilarini elektron resurslarni yaratish texnologiyalari, ilmmetrik ko'rsatkichlar, ilmiy-ta'limiy ma'lumotlarning jahon manbalari bilan tanishtirish orqali O'zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotchilarning sifati, innovatsion faoliyat va nashr etish faolligi darajasini oshirish. O'zlashtirilgan yangi ma'lumotlar va bilimlar yuzasidan markaz yosh olimlari va barcha qiziquvchilarga seminar-trening òtkazish rejalashtirilmoqda!


×