Parkentdan topilgan tangalar Olmaliq shahar “Oʼlkashunoslik” muzeyiga topshirildi

Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Xoʼja” mahallasi, Hunarmand koʼchasidagi 47-uydan topilgan 939 dona mis tangalar hazinasi oʼrganish uchun olinganligi toʼgʼrisida xabar qilingan edi (https://archaeology.uz/yangiliklar/parkentdan-16-asrning-oxiri-17-asrning-boshlarigna-oid-xazina-topilgan). Ushbu tangalardan 12 donasiga ishlov berildi va ular oʼrganildi. Oʼrganish natijalari bu tangalarning 16-asrning oxiri – 17 asrning boshlariga oidligini koʼrsatdi. Mazkur mis tangalar xazinasi dalolatnoma tuzilib Olmaliq shahar “Oʼlkashunoslik” muzeyiga topshirildi. Ularni muzey rahbari S. Sh. Xalikulova qabul qilib oldi. Bu xazina (939 dona) ushbu muzeydan munosib joy oladi va koʼrgazmalarga qoʼyilgach tomoshabinlarda katta qiziqish oʼygʼotishiga umid qilamiz.


×