Sog'd tangalariga bitilgan tamg'alar

Milliy arxeologiya markazida

Vazirlar Mahkamasini 792- sonli qarori ijrosi hamda yosh olimlarga fanga oid yangi bilimlarni o‘zlashtirish yuzasidan har bir ilmiy xodim va doktorantlar o‘zlari tadqiq qilayotgan mavzusi yuzasidan ma’ruza (seminar) o‘qishlari doirasida "Ipak yo‘li arxeologiyasiya" bo‘limi katta ilmiy xodimi Musakaeva Alfiya Adilevnaning "Sog’d tangalariga bitilgan tamg’alar" mavzusida ma’ruza qildilar.

Ma’ruzada O‘rta Osiyo hududidan topilgan tangalarda qanday shakllar tasvirlanganligi va ularning qanday ma’no anglatishi to‘g’risida yangi ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda  yosh olimlardan ko‘plab savollar berildi. Ma’ruzachi har bir savolga batafsil javob berdilar!

 


×