“Yakkabog‘dagi Amir Muhammad (barloslar) maqbarasi” nomli risolasi nashr etildi.

O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dilmurod Normurodovning hammualliflikdagi “Yakkabog‘dagi Amir Muhammad (barloslar) maqbarasi” nomli risolasi nashr etildi.
Ushbu risola Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Uchtepa va “Olaqarg‘a” MFYlari oralig‘ida joylashgan “Amir Muhammad (Barloslar) maqbarasi” ga, uning o‘rganilishiga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqbara joylashgan hududning o‘ziga xosligi, o‘zlashtirilishi va tashlab ketilishi bilan bog‘liq masalalarga eʼtibor qaratilgan.
Unga 1419 yilda vafot etgan amir Muhammad amir Ayyuk o‘g‘lining va yana bir go‘dakning dafn etilganli. Bu yodgorlik Amir Temur va temuriylar davrining nodir meʼmoriy obidalaridan biri hisoblanadi. U yer ostiga nam-zahlarni o‘tkazmaydigan darjada, orasiga maxsus qir qorishmalari qo‘yilib pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Maqbara o‘z davrida mahobatli binoning ichida bo‘lgan. Bu bino bir tomoni oq, ko‘k va siyoh rangda sirlangan g‘ishtlar va oq, ko‘k, qizil, qora va sariq ranglarda turli o‘simlik va gullarning tasviri tushirib sirlangan meʼmoriy qoplmalar bilan bezatilgan bo‘lgan. Bular yer ostidagi maqbaraga dafn qilingan amir Muhammadning nufuzli kishilardan bo‘lganligini ko‘rsatadi. Afsuski, bu shahs haqida hozircha maʼlumot topishga muvofiq bo‘linmadi. Uning maqbarisi XVI asrdagi tahlikali zamonlardan keyin qarovsiz qolib ketgan. U dastlab 1959 yilda yer surayotgan buldozer kuraklariga tegib ketish tasodifi bilan topilgan.
O‘sha yili arxeologlar tomonidan ichiga tushgan tuproqlari chiqarilgan va ustki qismi qazib-tozalanib o‘rganilgan. U 2022 yilgacha yana qarovsiz qolgan. Yuqoridagi masalalar risoladi imkon darajasida yoritilgan.
Ilmiy-ommabop shakldagi ushbu risola o‘lkashunoslarga, tarixchilarga, turizm sohasi xodimlariga, arxitektura tadqiqotchilariga va keng ommaga mo‘ljallangan.
×