Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida “Turk dunyosi tarixiy va madaniy merosini UNESKO nuqtai nazaridan o‘rganish va asrab avaylash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 14-15 mart kunlari Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida “Turk dunyosi tarixiy va madaniy merosini UNESKO nuqtai nazaridan o‘rganish va asrab avaylash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Milliy arxeologiya markazi direktori F.Maqsudov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek ilmiy safar doirasida Milliy arxeologiya markazi  va Ozarbayjon  arxeologlari  o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.


×