Milliy arxeologiya markazi "Izlanish manzarasi" fototanlovini e'lon qiladi!

Tanlov sharti: 
Õrta Osiyo hududida arxeologiya va antropologiya sohasida olib borilayotgan ishlar, soha rivoji aks etgan rasmlar  https://t.me/milliyarxeologiyamarkazi manziliga yuboriladi.
RASMLAR MUALLIFLIK HUQUQIGA EGA BÕLADI.

Tanlovda yoshi, kasbi, yashash manzilidan qatiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. Tanlovga yuborilgan rasmlar Milliy arxeologiya markazining rasmiy sahifalariga joylanadi.

G'oliblar arxeologiya sohasi mutaxassislari tomonidan aniqlanadi va taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning 21 dekabr kunigacha davom etadi, shoshiling!


×