"Current issues of the history of the Fergana Valley"

Namangan davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan “Fargʻona vodiysi tarixining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada Fargʻona vodiysi arxeologiya va etnologiyasi muammolari, Fargʻona vodiysining qadimgi va oʻrta asrlar davri tarixi muammolari, mustabid va sovet mustamlakachiligi davri Fargʻona vodiysi tarixi muammolari, mustaqillik yillarida Fargʻona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti masalalari hamda Fargʻona vodiysi tarixi boʻyicha zamonaviy xorijiy tadqiqotlar masalalari muhokama etildi.

Qizgʻin ruhda oʻtgan konferensiyada fakultet professor-oʻqituvchilari, magistr va doktorantlar, bakalavr bosqichi talabalari faol ishtirok etdilar.


×