Mirakidan Buxoroda zarb qilingan tanga topildi

 Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Miraki MFY dan bir dona tanga topildi. Ushbu tanga lotindan tayyorlangan bo‘lib, uning diametri –3.1 sm.nitashkil etadi. Uning bir chetida diametri – 3 mm keladigan ipga taqib osib yurishga mo‘ljallab teshilgan va keyinchalik yopib tashlangan jolyi bor.Tanganing olda va orqa tomonidagi bezak va yozuvlari quyidagicha tavsifga ega:
Tanganing old tomoni:
Atrofi bezalgan kvadrat shaklidagi hoshiya ichiga arab harflarida “zarb Buxoro ( )”va hijriy 1337 ( ) yozuvi bo‘rtma shaklda tushirilgan.
Tanganing orqa tomoni:
Atrofi bezalgan kvadrat shaklidagi hoshiya ichiga arab harflarida “yakta tanga”va hijriy 1337 ( ) yozuvi bo‘rtma shaklda tushirilgan.

                            Tanganing old tomoni                                                                                                 Tanganing orqa tomoni

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki Mirakidan topilgan tanga hijriy 1337 (milodiy 1919) yilda Buxoroda zarb qilingan. Bu davrda Said Mir Muhammad OlimxonBuxoro amirligini boshqargan. U topilgan joy ham ushbu amirlik tarkibida bo‘lgan va shu joyda yashagan aholi vakillarining biriga tegishli bo‘lgan. Ammo u tushirib qoldirilishi yoki boshqa bir sababga ko‘ra tuproq orasida saqlanib qolgan. Bu tanganing ahamiyati shundaki, tadqiqotlarda qayd qilinganidek u zarb qilingan paytlar Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qaram bo‘lganBuxoro amirligi ma’lum ma’noda mustaqil pul siyosatini yurgizganligini ko‘rsatadi.

Raximov Jamshid
Milliy arxeologiya markazi lobarantti

 


×