Yosh olimlar kengashi

O‘zRFA Arxeologiya instituti yosh olimlar kengashi yosh xodimlar va ko‘ngilli a’zolardan iborat ilmiy jamiyat hisoblanadi. Kengash 2010 yilda yosh olimlar tashabbusi va ma’muriyat homiyligi ostida iste’dodli yosh ilmiy xodimlar, katta ilmiy tadqiqotchilar va institut magistrantlaridan tashkil etilgan.

Yosh olimlar kengashi faoliyatining asosiy maqsadi – yoshlarni asosiy ilmiy tadqiqot sistemasi bilan tanishtirish, yangi ilmiy maktab yaratish va amaldagi ilmiy maktab dasturini davom ettirish, jamoat ishlari va tajriba sohasida yosh olimlar ijodiy ishini himoya qilish. Yoshlarni birlashtirish, qaysiki shug‘ullanayotgan ilmi va ishini rivojlantirish, asosiy ilmiy tadqiqotlarida, tajriba va ijtimoiy yo‘nalishlarda qiziquvchan yoshlarni qo‘llab quvvatlash, hamda yuqori mansabda barqaror kadr bo‘lib o‘sishga yordam berishdir.

Yosh olimlar kengashining asosiy vazifasi:

  • Yosh olimlarni muhim tadqiqot yo‘nalishlarida va doktorlik ilmiy ishini tayyorlashda ilmiy-metodik va tashkiliy jihatdan qo‘llab quvvatlash, bundan tashqari Arxeologiya institutida mustahkam o‘rnashishi va professional darajaga yetishishiga ko‘maklashish;
  • Yosh olimlar ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilishiga, shu jumladan, ilmiy natijalarni nufuzli ilmiy konferensiya va ilmiy jurnallarda, Scopus i Web of Science indeksli veb saytlarga chiqarishga yordamlashishi;
  • Ilmiy konferensiyalarda yosh olimlar ishtirokini rejalashtirish;
  • Innovatsion tadqiqot ishlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Yosh olimlar ilmiy ishini qo‘llab quvvatlash uchun grant ajratuvchi va pullik vositalarni to‘g‘ri taqsimlashda yordamlashuvchi tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plash;
  • Ilmiy tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarga yosh olimlarni jalb qilish;
  • Yosh olimlar mutaxassislik, ilmiy, ijtimoiy, yashash sharoiti va boshqa muammolar, shu jumladan yoshlarning ilmiy mutaxassisligi bo‘yicha o‘sish jarayonidagi qobilyat va qarorlarini Arxeologiya instituti boshchiligida tashkillashtirish;
  • Zamonaviy fan muammolarini yechishda turli fan mutaxassisliklari va yosh olimlar tashkilotlari o‘rtasida sohalararo va kompleks fan tadqiqotlarini olib borish ishlarida o‘zaro hamkorlik aloqasini rivojlantirish;
  • Yosh kadrlarni fan sohalariga moslashtirish yuzasidan turli ilmiy konferensiyalar, seminarlar, tadbirlar tashkil etish, ularning tadqiqot ishlari natijalarini keng ommaga tarqatish, milliy va xorijiy tashkilotlar o‘rtasida yoshlarning malaka almashishlarini tashkil etish;
  • Yoshlar ilmiy tashabbuskorligi rivojini tashkillashtirish;
  • Yosh olimlar ilmiy ishlarini amaliyotga tadbiq etishda: turli ma’lumot resurslar bazasini tashkil etish va ularga erkin kirishni tashkil etish.
  • Yosh olimlar kengashi bilan turli ta’lim va fan muassasalari, akademik muassasalar va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini tashkil etish.

Yosh olimlar kenshgashi raisi: A. Sandiboyev.


×