Аrxeologik tadqiqotlarning 2020 yil yakuniy xisoboti

2021 yil 26 mart kuni OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi va markaz filiali Samarqand arxeologiya institutida Oʼzbekiston Respublikasi hududida 2020 yilda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga bagʼishlangan hisobot sessiyasi boʼlib oʼtdi. Pandemiya munosabati bilan respublika hududida faqatgina 15 ga yaqin ekspeditsiyalar faoliyat olib borgan. Sessiyada olib borilgan tadqiqotlar natijalari, olingan yangi ilmiy xulosalar, arxeologik yodgorliklarning saqlanish holati va kelajakda oldinga qoʼyilgan masala va vazifalar toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib oʼtildi. Hisobot sessiyasida maʼruzasi bilan qatnashgan ishtirokchilarning hisobotlari tahlil qilinib, ularning kamchiliklari, yaxshi oʼtkazilganlari, aʼlo darajada olib borilgan tadqiqotlarga alohida toʼxtalib, sessiya faoliyati ijobiy deb topildi, hamda 2021 yil dala tadqiqotlari mavsumiga chiqish borasidagi tashkiliy va amaliy ishlar muhokama qilindi.

  


×