Insonning atrof-muhitga moslashishi va tabiiy zahiralardan foydalanishi tarixi

2022-yil 29 – 30 noyabr kunlari O‘zR FA Milliy arxologiya markazi, “Landshaft arxeologiyasi” laboratoriyasi ilmiy xodimlari “Insonning atrof-muhitga moslashishi va tabiiy zahiralardan foydalanishi tarixi” mavzusida Milliy Universitetning tarix fakulteti talabalariga master-klass o‘tishdi. Ma’ruzalarda tosh davrida insonning atrof-muhitga moslashishi, pleystotsen davri ekologiyasi va uning qadimgi jamoalar hayotiga ta’siri, tosh va qadimgi metall davrida diniy tushunchalarining shakllanish omillari masalalari yoritib berildi. Shuningdek qoyatosh suratlarini qayd etish va o‘rganishda yangi GPS texnologiya hamda 3D modellashtirish medotlarini qo‘llash haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari O‘zR FA Milliy arxologiya markazi, “Landshaft arxeologiyasi” laboratoriyasi ilmiy xodimlari paleolit davrida toshdan qurollar yasash texnologiyasidagi farqlar haqida ham tushunchalar berishdi.

 


×