Qadimiy Kultoʼbe shaharchasida topilgan xonaqo siri nimada?

Koʼhna Turkiston hududida oʼtkazilgan arxeologik qazishmalar muhim kashfiyotga olib keldi. Olimlar qadimgi soʼfiylar makoni – Xonaqo topildi.

Qozogʼiston ilmiy –tadqiqot instituti mutaxassislari fikricha, bu noyob meʼmoriy obʼektlar XV-XIX asrlarda bunyod etilgan. Qazish ishlari davomida turli xonalar, marosim zallari, va hatto xizmatkorlar qabrlari ham topildi.

«Kultoʼbedan topilgan xonaqo, haqiqatan ham Yassaviy tariqati bilan bevosita bogʼliq, qiziqarli inshootlardan biri. Mayitlar Xoʼja Аhmad Yassaviy maqbarasi yaqinida (tahminan 300 metr masofada) koʼmilgani, ularning boshi shimol, yaʼni maqbara tomondaligi ham bunga dalil boʼla oladi. Bunday misollar Oʼrta Osiyoda yetarli», deydi loyiha ilmiy rahbari Аndrey Xazbulatov.

Olim, shuningdek, masjid va madrasalar bilan bir qatorda bunday inshootlarni qurish savob ish xisoblanganini aytdi. Koʼpincha xonaqolar qurilishi tashabbuskorlari hukmdorlar yoki ular tayinlagan hokimlar boʼlgan. Kultoʼbe shaharchasida topilgan Turkiston xonaqosi, isitish pechlari va tandirlari bor uncha katta boʼlmagan 10 xonadan iborat. Janubi-sharqiy qismida yertoʼlasi bor maqbara mavjud. Аrxeologlar unga 7 odam dafn qilinganini aniqlashdi. Ularning hammasi Xoʼja Аhmad Yassaviy maqbarasi tomonga qaratib yotqizilgan. Ehtimol, bu ularning Yassaviy tariqatiga tegishli boʼlganini koʼrsatadi.

Kelajakda bu joy ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi. Har qalay, tegishli boʼlim kelgusi yilda buni rejalashtirgan. 27 gektarli Kultoʼbe maydonini puxta oʼrganib chiqishadi, soʼng shaharcha hududida joylashgan barcha obʼektlarni qayta tiklash ishlari boshlanadi.

 

azretsultan.kz


×