O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida "Ildizlarni izlab: O'rta Osiyo rivojlangan o'rta tosh davrida" mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar o'tkazildi.

Ushbu seminar o'rta paleolit davriga bag'ishlandi va dunyoning yetakchi mamlakatlari, jumalada, Fransiya, Isroil, Polsha va Rossiya Federatsiyasi kabi arxeologiya sohasining yetuk mutaxassislarini jamlab o'z ma'ruzalari bilan qatnashdi.
Ilmiy seminar, o'rta paleolitning tor doiradagi muammolari bo'yicha muhokama qildi. Bu muammolar ichiga "Obirahmat o'rta paleoliti: Ajdodlarni izlash", "O'zbekistonning boshlang'ich O'rta paleolit davri: Ko'lbuloq manzilgohi asosida", "Ko'ksaroy 2-Ko'p qatlamli yodgorlik xronologiyasi bo'yicha dastlabki natijalar", "O'rta Osiyo paleolitini davrlashtirishning yangi yutuqlari: Liuminessent yahlil", "O'rta paleolit yavrini o'rganish istiqbollari (Toshkent va Surxondaryo viloyati yangi yodgorliklari asosida)" kabi mavzular kiradi.
Ma'ruzalar o'rta paleolit davriga oid Obirahmat manzilgohida suyakdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarilishi borasidagi izlanishlarga doir mulohazalar ham o'z ichiga oladi.

Anjuman doirasida O'zbekiston va O'rta Osiyodan tashqari Yaqin Sharq, Sibir va Sharqiy Yevropa paleoliti muammolariga oid ilmiy izlanishlar ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari yurtimizga tashrif buyurgan arxeolog olimlarni bevosita tosh davri arxeologiyasining noyob manzil-makonlariga amaliy tashrif ishlari ham rejalashtirldi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirishdan iboratdir.
Bunday seminarlar arxeologiya sohasi tahlil metodlarini yoritishga va global o'rta paleolit muammolari ustida ko'p-miqdorda savollar o'rganishga yordam beradi.


×